O’zbekiston respublikasi budjet-soliq siyosati. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


O’zbekiston Respublikasida byudjet – soliq


Download 0.74 Mb.
bet7/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1298098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
BUDJET-SOLIQ SIYOSATI

2.2.O’zbekiston Respublikasida byudjet – soliq soliq siyosatining amaldagi holatini tahlili
Iqtisodiy yuksalish va moliyaviy barqarorlik talablariga javob beradigan soliq tizimini yaratishda soliq yukini mumkin qadar past va optimal darajada bo’lishiga erishish muhimdir. Bu bir qarashda unchalik murakkab emasdek tuyulsa – da, aslida bunday emas. Bu o’z navbatida bu sohada ilmiy tadqiqotlarni chuqur olib birishni, har tomonlama puxta uylangan va asoslagan amaliy xulosalar asosida ish ko’rishni taqozo etadi. Chunki, soliqlar davlatga ham, soliq to’lovchiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim.
Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni unifikatsiyalash, o‘xshash soliq solish bazasiga ega soliqlarni birlashtirish orqali ular soni maqbullashtirildi, soliq hisobotlari kamaytirildi va soddalashtirildi.
Soliq to’g’risidagi barcha qonun hujjatlari quyidagi tamoyillarga asoslanadi.

  • Majburiylik, bu tamoyilga asosan, soliqlar barcha fuqoralar uchun majburiy to’lov hisoblanadi.

  • Aniqlik tamoyilliga ko’ra, soliq va boshqa majburiy to’lovlarni qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to’lash tushunarli tarzda ifodalangan bo’lishi lozim.

  • Adolatli tamoyiliga asosan, soliq solish umumiy bo’lib, soliq tizimida imtiyozlarni belgilash ijtimoiy asolat tamoyillariga roiya qilinadi.

  • Yagonalik tamoyiliga ko’ra, soliq tizimi O’zbekistonning butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagona hisoblanadi.

  • Oshkoralik tamoyiliga ko’ra, soliq solish masalarini tartibga soluvchi har qanday me’yoriy – huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart

  • Soliq to’lovchining haqligi tamoyiliga ko’ra, soliqqa oid hujjatlarda aniqlangan noaniqliklar soliq to’lovchi foydasiga hal qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi4
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq Kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling