O’zbekiston respublikasi budjet-soliq siyosati. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 0.74 Mb.
bet1/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1298098
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BUDJET-SOLIQ SIYOSATI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET-SOLIQ SIYOSATI.
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism
2.1. Byudjet – soliq siyosatining mazmuni ва vazifalar
2.2. Iqtisodchi olimlarning byudjet - soliq siyosatiga oid nazariyalari

    1. O’zbekiston Respublikasida byudjet – soliq soliq siyosatining amaldagi holatini tahlili

    2. Hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasida byudjet – soliq siyosating ustuvor yo’nalishlari

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti yanada mustahkamlanib bormoqda, Eng avvalo mamlakatimiz xalqining munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash hamda rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o’rin olish yo’lida katta qadam tashlandi. Ushbu natijalarga erishish uchun mamlakatdagi byudjet soliq siyosatiga katta ahamiyat berilmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali faoliyatini amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini yetarli va uzliksizligini ta’minlash zarur hisoblanadi.
Mamlakatimizda soliq siyosatini erkinlashtirish vaxususiy mulk, hamda xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni etish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yildan – yilga o’zining samarasini berib kelmoqda.
Mamlakatimiz bozor islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, to’laqonli bozor iqtisodiyotini yaratish sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar orasida byudjet va soliq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, soliq tizimi soddalashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda soliq siyosatini yanada takomillashtirish soliq yukini kamaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda xususiy tadbirkorlikni soliqlar orqali rag’batlantish va qo’llab – quvvatlash ning muhim ustivor yo’nalishi sifatida belgilanishi ushbu sohalarda bajariladigan vazifalarning o’zaro uyg’unligini ta’minlab beradi. Xususan, milliy iqtisodiyotda soliq yuki darajasining oxirgi yillarda sezilarli darajada kamayishiga erishildi.
Bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida mamlakatning rivojlanish strategiyasi, iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlarini, ijtimoiy va madaniy sohalarini moliyashtirish vositasini akkumulatsiyalash sezilarli darajada mamlakat moliyaviy holati va byudjet tizimiga bog’liq. Byudjet munosabatlari doirasida davlat nazorati barqaror byudjet faoliyatiga erishish uchun samarali soliq siyosati olib borilishini taqozo qiladi. Mamlakatimiz ham o’zining iqtisodiy rivojlanish statusi va ijtimoiy – iqtisodiy yuksalish strategiyasini aniqlab olgan va kuchli moliyaviy siyosat orqali soliq siyosatini yuritish hamda ta’minlashga asosiy ustuvor vazifa sifatida qaramoqda.
Soliq tizimini optimallashtirish yo’larini ishkab chiqishda mamlakatda soliq munosabatlaring shakllantish holatini ham muhim rol o’ynaydi. Bozor iqtisodiyotiga tobora moslashib borayotgan respublikamiz uchun soliq munosabtlari o’ziga xos tartibda, aytish mumkimki biroz murakkab shakllanib bormoqda.
Bugungi kunda respublikamizda soliq tizimi vositasida iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy yo’llaridan biri bu soliqlarning fiskallgini oshirish emas, balki soliq to’lovchilar sonini ko’paytirishga va ularning erkin daromad olishlariga imkoniyat yaratishdir. Shunga qaramasdan amaldagi soliq tizimini mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib takomillashtirish va soliqlarning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish ayni paytda dolzarbdir.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling