O’zbekiston respublikasi budjet-soliq siyosati. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


-2024 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yoʻnalishlari


Download 0.74 Mb.
bet14/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1298098
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BUDJET-SOLIQ SIYOSATI

2020-2024 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.
Bularga:
Soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi “natijaga yoʻnaltirilgan byudjettizimini joriy etish;
Makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish;
Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish;
Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
Byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
Byudjet maʼlumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash;
Byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro moliyaviy institutlarning takliflarini inobatga olgan holda 2020-2024 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi va quyidagilar ya’ni vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining byudjet-moliya sohasidagi asosiy vazifasi etib belgilandi.
Soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani toʻliq qamrab olish, soliqlar yigʻilishi darajasini oshirish, mavjud zaxiralarni safarbar etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali tegishli byudjet daromadlari prognozining bajarilishini taʼminlash;
Byudjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda uni tejash, byudjet intizomini mustahkamlash, byudjet mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi boʻyicha hisobdorlik tizimini kuchaytirish;
Moliyalashtiriladigan (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar) xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish va kreditor qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik;
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni, birinchi navbatda, oldingi yillardan oʻtuvchi obyektlarni ishga tushirishga yoʻnaltirish;
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan tashqi qarz mablagʻlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng dolzarb chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish hamda ulardan samarali foydalanish orqali natijadorlikni taʼminlash shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga, hududiy moliya organlari tomonidan esa hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga tegishli byudjetlardan kelgusi uch yil uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining chegaralangan miqdorlarini hamda yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga beriladigan transfertlar miqdorini har yili yetkazish tartibi joriy etilishi belgilab qo’yildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari oʻrtasida byudjetlararo transfertlarning miqdorini aniqlash va oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqishi va tasdiqlanishi belgilandi.
Byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda shakllantirish ham belgilangan.
Bular quyidagilar hisoblanadi:
Xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
Sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;


Xulosa
Mamlakatimiz hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan soliq – byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilshga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishishga, iqtisodiyot va jamiat ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling