O‟zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati
Download 51.14 Kb. Pdf ko'rish
|
209edb5ebeee41637a80c080ead49523 Afinada demokratiya
Отформатировано: Шрифт: (по
умолчанию) Times New Roman, 14 пт intilardi. Davlat boshqaruvidagi islohotlar Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl - nasabidan qat‟i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‟zda tutar edi. Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi fuqarolar va chet eldan keltirilgan qullarga ajratiladigan bo‟ldi. Afinada demokratiya ravnaqi Erkak jinsiga mansub barcha fuqaro demokratiya rolar 20 yoshdan boshlab xalq majlisida ishtirok etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo‟lmagan hunarmandlar, savdogarlar, yollanib ishlovchilar, dehqonlardan iborat bo‟lgan. Xalq majlisida omma uchun foydali qarorlar qabul qilingan. Navbatdagi majlis bo‟ladigan kun oldindan e‟lon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt tayinlanar, negaki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi. Qorinni to‟yg‟azishga yegulik ishlab topish kerak Afinada mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylanib, majlisga hisobot berishgan. Mabodo mansabdor shaxs o‟z majburiyatlari ijrosini uddalay olmasa, Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo‟shatgan. Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo‟lgan. 30 yoshga to‟lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o‟zinio‟zi himoya qila bilishi yoki chiroyli so‟zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yollashi kerak bo‟lgan. Miloddan avvalgi 443 - 429 - yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do‟stlari bo‟lishgan. Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do‟st tutingan edi. Perikl katta obro‟ va nufuzga ega bo‟lgan. U umuman xalqni o‟ziga kerakli qaror qabul qilishga majbur qilmagan, balki ishontirish kuchiga tayanib ish yuritgan. Perikl o‟zining siyosiy muxoliflari va uning xatti - harakatlarini tanqid qilgan kishilarni ta‟qib etmagan. Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‟lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi davrida Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. Perikl Akropolda qurilgan mashhur inshoot Parfenoniloha Afina ibodatxonasining tashabbuskori bo‟lgan. Mil. avv. 5 - asrining ikkinchi yarmida Sparta Afinaning asosiy raqibiga aylandi. Shaharni xavf - xatardan asrash uchun Perikl Afinadan to Pirey dengiz bandargohigacha mudofaa devorlari qurish to‟g‟risida buyruq berdi. Download 51.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling