III.Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Demokratiyaning shakllanishi
Afina
shahrida markaziy maydon
bo‟lib,uning tevaragini turli - tuman
ibodatxonalar qurshab turgan. Maydon
esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‟ini
maydoni bo‟lgan.
Shahar aholisining ko‟pchiligini
hunarmandlar va savdogarlar tashkil
etgan.
Afina shahrida barcha erkak fuqarolar
davlatni qanday boshqarish kerakligi
xususida o‟z fikr - mulohazalarini bayon
eta olar edi. Ular yuzaga kelgan
muammolar va yangi qonunlarni
muhokama qilish uchun har oyda to‟rt marta agorada yig‟ilardilar. Barcha qarorlar ovoz
berish yo‟li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi,
ya‟ni bu atama «xalq hokimiyati» degan ma‟noni anglatadi («demos» - xalq + «kratos»
hokimiyat).
Do'stlaringiz bilan baham: