O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari tahlili
Download 6.95 Kb.
|
Tojiboyev Aziz Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti daromadlari
- Davlat byudjetini daromadlarini shakllantirish manbalari
- 2023-yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti
O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari tahliliTojiboyev Aziz MBDA-92Reja:
Davlat byudjetiDavlat byudjeti - davlatning muayyan vaqt uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarini birlashtiradi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan ediDavlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.Davlat byudjeti daromadlariDaromadlar – bu davlatning sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun moliyaviy baza hisoblanadi. Byudjet daromadi birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilari tomonidan jami ijtimoiy mahsulotni qiymatini taqsimlash natijasida shakllangan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat ixtiyorida vujudga kelgan qiymatni maqsadli fondlar hududlararo va tarmoqlararo fondlarni tashkil etish uchun qayta taqsimlash xususiyatga egadir.Davlat byudjeti daromadlariByudjet bo’g’inlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Davlat byudjetini daromadlarini shakllantirish manbalari:Soliqlar va soliqlarga tenglashtiriluvchi majburiy to‘lovlar Davlat mulkini xususiylashtirishdan keladigan daromadlar Davlat zayomlari Qog‘oz pullar emissiyasi va boshqalar Soliqlar Soliq – davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ichki vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va buni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi. Davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. Davlat zayomlari Davlat zayomlari — byudjeti pul toʻplash maqsadida davlat nomidan sotish uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz. Qog‘oz pullar emissiyasi Pul emissiyasi (lotincha: emisio, inglizcha: emision — chiqarish) — davlat tomonidan muomalaga jami turdagi pul belgilarni chiqarish. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarish bilan birga muomaladagi nakd va nakd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildiradi. Pul emissiyasining asosiy shakllari kredit pullar — banknotlar va depozit-cheklar emissiyasi. 2023-yilga mo‘ljallangan Davlat byudjetiO‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining daromadlari 2023-yilda 310,7 trln so‘mni hamda xarajatlar 343,2 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Qonun bilan 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSH dollari miqdorida etib belgilanmoqda. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 6.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling