Reja: Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash
Download 29.09 Kb.
|
Audit seminar fanidan Nazorat ishi. 4 kurs
Xoʻjalik yurituvchi subeʼktni boshqarishda ichki auditning ahamiyati Reja: Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash Ichki audit xizmati faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlar tizimi Ichki audit xizmati funksiyalarining faoliyat samaradorligini baholash Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga integratsiyalashuv sharoitida biznes faoliyatini samarali yuritish, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oldida turgan risklarni toʻgʻri boshqarish orqali moliyaviy holatini yaxshilash, foydani maksimallashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch hisoblangan raqobatning tobora kuchayishi esa mazkur masalaga yanada jiddiy eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Bunday murakkab sharoitda koʻzlangan maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarishda korxonalar ixtiyoridagi resurslardan samarali foydalanish orqali erishiladi va bunda ichki nazorat tizimini yuqori darajada tashkil etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish boʻyicha bir qancha muammolar mavjudligini inobatga olib, mamlakatimizda ichki auditga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktabrdagi 215-sonli qarori bilan “Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi. Mazkur meʼyoriy hujjatga muvofiq, balans aktivlari qiymati 1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan korxonalarda va eng kam ish haqining yuz ming barobaridan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatini joriy etish majburiyati belgilandi. Buning natijasida esa respublikamizdagi koʻplab xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmati tashkil etildi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tubdan yaxshilash va zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish borasidagi islohotlar natijasida bir qator past rentabelli aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilishi va xorijiy investorlarga sotilishi natijasida 2015-yilga kelib respublikamizda ichki audit xizmati tashkil etilgan korxonalar soni keskin kamaygan. Buning yana bir omili sifatida mamlakatimizda ichki va tashqi auditga boʻlgan talablarning tobora kuchayib borayotganligini ham eʼtirof etish mumkin. Xoʻjalik subʼektlarida ichki audit xizmatini tashkil etilishi va uning samarali faoliyat koʻrsatishi maʼlum miqdordagi xarajatlarni yuzaga keltiradi. Ushbu xarajatlar korxonalar foydasi hisobidan qoplanishi yoki davr xarajatlari tarkibida foydani kamaytirishi, shubhasiz, mulk egalarining sarflanadigan mablagʻlar keltiradigan iqtisodiy va ijtimoiy nafga boʻlgan talabini qondirilishini taqozo etadi. Bu esa ichki audit xizmati samaradorligini baholash zaruratini keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining samaradorligini baholash modeli, talablari, belgi va mezonlari hamda ichki audit xizmati yuritilishi samaradorligi haqida obʼektiv xulosa qilish imkoniyatini yaratuvchi asosiy koʻrsatkichlar belgilanmagan. Download 29.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling