Reja: Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash


Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash


Download 29.09 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi29.09 Kb.
#1027398
1   2   3   4
Bog'liq
Audit seminar fanidan Nazorat ishi. 4 kurs

Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash bir qator xususiyatlarga ega va ular quyidagilarda namoyon boʻladi.
1. Xoʻjalik subʼektining joriy holatini baholash. Bunda aksiyadorlar (taʼsischilar) umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashining ichki audit boʻyicha amalda boʻlgan nizomlar, belgilangan talablar, jarayonlar va ichki nazorat tizimiga boʻlgan ishonchi taʼminlanadi. Joriy holatni baholashda asosan mavjud loyihalar, kelishuvlar va jarayonlarga eʼtibor qaratiladi. Ichki audit xizmat oʻzining aniq uslubiyoti va qoʻllanilgan amallari asosida xoʻjalik subʼekti faoliyatini hamda korporativ boshqaruv masalalarini oʻrganadi.

2. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish. Ichki audit xizmati tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida xoʻjalik subʼekti faoliyatini yanada rivojlantirish, samaradorligini oshirish orqali resurslarni tejash imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi.


3. Ichki auditning maqsad va vazifalarini rivojlantirish. Ichki audit xizmatini amalga oshirish kelgusidagi risklarni hisobga olgan holda xoʻjalik subʼektining moliyaviy holatini baholaydi va boshqaruv strategiyasini belgilab beradi. Bunda asosiy eʼtibor boshqaruvga taqdim etilayotgan axborotlarning ishonchliligi va aniq manbalardan olinganligiga qaratiladi.
Ichki audit xizmatining samaradorligi qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar talablarini bajarilishiga bogʻliqdir. Har bir xoʻjalik yurituvchi subʼekt ichki audit xizmatining obʼektiv bahosiga ega boʻlish maqsadida asosiy koʻrsatkichlar hisob-kitoblari va baholash amallarini ishlab chiqqan holda, ichki audit xizmati samaradorligini belgilovchi koʻrsatkichlar tizimini mustaqil belgilashi lozim.
Xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini baholashning sifat mezonlari amaliyotda koʻp qoʻllaniladi. Biroq, ichki audit xizmatining aniq mezonlari shakllantirilmagan va ularning natijalari ichki audit xizmatini takomillashtirish uchun deyarli qoʻllanilmaydi.
Ichki audit xizmati samaradorligini miqdoriy baholash uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ayrim koʻrsatkichlarni keltirib oʻtamiz.
•tugallangan auditlarning korxona rahbariyati tasdiqlagan rejaga taqqosan keltirilgan miqdori;
•davr mobaynida bir auditor hisobiga oʻtkazilgan auditlar miqdori; •byudjetga muvofiq oʻtkazilgan auditlar miqdori;
•bajarilgan auditorlik tavsiyalari foizi;
•takroriy auditorlik tavsiyalari miqdori; •audit tavsiyalarini bajarishdan bevosita xarajatlar qisqarishi/ tejamkorlik;
•audit buyurtmachilar (mijozlar) ining qoniqishi. Ichki audit xizmati samaradorligini davriy baholash jarayoni bilan birga uning ish sifatini oshirish dasturi mavjud boʻlishi lozim. Mazkur dastur doirasida olib boriladigan tadbirlar sirasiga quyidagilar kiritiladi:
•ichki audit sifatining joriy nazorati (monitoring). Buni ichki audit xizmati boshliqlari va menejerlari audit oʻtkazish jarayonida amalga oshiradi. Monitoring ichki auditorlar faoliyati korxona va ichki audit xizmatining tartiboti va reglamentlariga mos kelishiga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, u ichki audit xizmati rahbariga auditorlar auditorlik topshirigʻini zaruriy malakaviy darajada amalga oshirayotganligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi;
•ichki audit xizmati boshliqlari va menejerlari tomonidan bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladigan ichki baholash. Ularning maqsadi – oʻz kuchlari bilan har bir ichki auditor va umuman xizmat faoliyatini takomillashtirish uchun zaxiralarni aniqlashdan iborat;
Har 5 yilda kamida bir marta oʻtkaziladigan tashqi baholash. Buni ichki audit xizmatiga nisbatan chetki sanaluvchi tuzilmalar amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati korxonaning strategik maqsadlaridan birini amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Strategiya toʻgʻri amalga oshirilayotganligini aniqlash, korxonaning umumiy moliyaviy natijalariga ichki audit xizmati hissasini koʻzga koʻrinadigan qilish, shuningdek, har bir xodimning imkoniyatlarini baholash uchun nazorat koʻrsatkichlari zarur. Shuning uchun qoʻyilgan maqsadga erishish boʻyicha ichki audit xizmati faoliyat samaradorligini baholash uchun muvofiqlashtiruvchi koʻrsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq. U ichki audit xizmati faoliyatida korxona strategiyasini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlarini ajratish; uni amalga oshirishda ichki audit xizmatining real hissasini baholash; ichki audit xizmati faoliyati uchun xarajatlar nazoratini amalga oshirish; yakuniy koʻrsatkichlardan tashqari ichki audit xizmati faoliyat koʻrsatkichlarini oʻlchash imkoniyatini beradi.
Muvofiqlashtiruvchi koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda ichki audit xizmatining strategik maqsadi shakllantiriladi va unga erishishning asosiy omillari aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda ichki audit xizmati oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishish darajasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi va ichki audit xizmati va uning boʻlinmalari uchun strategik karta tuziladi. Koʻp sonli koʻrsatkichlarni nazorat qilish murakkabligi uchun eng ahamiyatli koʻrsatkichlar ajratib olinadi va ularning yordamida joriy davr boshqaruvi amalga oshirilib, ichki audit xizmati faoliyati baholanadi. Har bir koʻrsatkich uchun hisoblash usuli va uni rejalashtirish hamda hisobga olish uchun zaruriy boshlangʻich maʼlumotlar olish imkoniyati aniqlanadi. Uchinchi bosqichda asosiy koʻrsatkichlar tizimi, ularning qiymati, ularga erishish boʻyicha mansabdor shaxslar javobgarligi, ragʻbatlantirishlar hisob-kitobi tartibi va shakllantirish muddatlari aniqlanadi. Samaradorlik koʻrsatkichlari aniq, oʻlchanadigan, real erishsa boʻladigan, muddatlar boʻyicha chegaralangan boʻlishi lozim.
Oxirgi bosqichda muvofiqlashtiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etish amalga oshirilib, u ishlab chiqilgan koʻrsatkichlar tizimini ichki audit xizmati faoliyati maqsadlariga moslashtirishni, koʻrsatkichlarning xodimlar tomonidan oʻrganilishi, testdan oʻtkazish, jarayonni muayyan hisobot davri maʼlumotlarida sinab koʻrish, zaruratga koʻra tizimni ichki audit xizmati faoliyatini toʻlaroq baholashga imkon beruvchi boshqa koʻrsatkichlar bilan toʻldirishni oʻz ichiga oladi.

Download 29.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling