Reja: Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash


Ichki audit xizmati faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlar tizimini


Download 29.09 Kb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi29.09 Kb.
#1027398
1   2   3   4
Bog'liq
Audit seminar fanidan Nazorat ishi. 4 kurs

Ichki audit xizmati faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga asoslanish zarur:
1) koʻrsatkichlar strategik maqsadlarga erishish uchun yoʻnaltirilgan joriy faoliyatning qisqa muddatli vazifalarini aks ettirishi lozim;
2) koʻrsatkichlar ichki audit xizmati faoliyatining barcha asosiy jihatlarini aks ettirishi lozim;
3) koʻrsatkichlar miqdori minimal boʻlishi lozim;
4) koʻrsatkichlar va ularni hisoblash tartibi xodimlar uchun tushunarli boʻlishi lozim.
Asosiy koʻrsatkichlar tizimi asosida ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini baholash quyidagi shartlar bajarilganda mumkin hisoblanadi:
1) faoliyatning operativ, taktik va uzoq muddatli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
2) koʻrsatkichlar boʻyicha hisobot tizimini ishlab chiqish;
3) koʻrsatkichlar bajarilishi boʻyicha “teskari aloqa”ni tashkil qilish;
4) tashkiliy-rejaviy hujjatlar tizimini ishlab chiqish.
5) ichki audit xizmati toʻgʻrisida qaror, boʻlinmalar hisob kartasi, boʻlinmalar byudjeti va boshqalar.
Korxonaning boshqa boʻlinmalari kabi ichki audit xizmati faoliyat samaradorligini quyidagi formula boʻyicha hisoblash mumkin:
ЭФ aloxida tuzilmaviy boʻlinma k j X j q 1 / ,
Bu yerda j – samaradorlik koʻrsatkichlaridan biri;
kj – samaradorlikning j-koʻrsatkichining solishtirma qiymati;
Xj – j-koʻrsatkichning miqdoriy bahosi;
n – koʻrsatkichlar miqdori;
q – yagona baholash shkalasi gradatsiyalari miqdori.
Agar IAX tarkibiga bir nechta boʻlinma kirsa, u holda samaradorlikning umumiy koʻrsatkichi quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ef ^ = (Ef, + Ef2 +Ef3 + ... + Efp) / n,
Bu yerda n — boʻlinmalar miqdori.
Shunday qilib, ichki audit xizmati faoliyatini baholashning muvozanatlashtirilgan koʻrsatkichlar tizimi ichki audit xizmati faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar va natijalarni oʻlchashga yoʻnaltirilgan aniq tashkillashtirilgan jarayonni, shuningdek, ushbu natijalarni korxona faoliyati natijalariga taʼsirini baholashni oʻzida aks etadi. Samaradorlikni kompleks baholash natijalari ichki audit va nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlarning asosiy muammolarining yakuniy indikatorlari hisoblanadi hamda aniqlangan ogʻishlarni oʻz vaqtida tuzatishga imkon beradi.
Ichki audit ishi samaradorligini baholash korxona uchun eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ichki auditorlar oʻz ishlarini bajarish bilan birga korxonaga yangi gʻoya va tavsiyalar bilan murojaat etib uning faoliyatini yanada rivojlantirib borishi darkor. Ichki auditorlarning oldiga qoʻyilgan vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib ularning samaradorligini baholash mumkin.

Download 29.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling