Reja: Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmatining ahamiyatini baholash


Ichki audit xizmati funksiyalarining faoliyat samaradorligini baholash


Download 29.09 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi29.09 Kb.
#1027398
1   2   3   4
Bog'liq
Audit seminar fanidan Nazorat ishi. 4 kurs

Ichki audit xizmati funksiyalarining faoliyat samaradorligini baholash oʻtkazishda quyidagi xizmat turlarini taklif qiladi:
-korxonalarda ichki auditorlarning samaradorligini baholashda ichki audit milliy standartini ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etish zarur;
- korxonaning ichki audit boʻlinmasining Standart talablariga mutanosibligi boʻyicha mustaqil tashqi baholashni bajarish; - ichki audit boʻlinmalari faoliyat samaradorligini metodologiyalari asosida ichki audit sohasida ilgʻor amaliyotlar namunalari bilan taqqoslash;
- ichki audit faoliyatining korxona boʻlinmalarida mavjud metodologik talablar va ichki standartlarga mutanosibligi boʻyicha baholash ishlarini oʻtkazish;
- korxona tomonidan ichki audit faoliyat samaradorligini mustaqil baholash bajarilishi uchun dasturlar ishlab chiqish;
- ichki audit faoliyat samaradorligini baholash oʻtkazilishidan korxonalar uchun potensial foydalar;
- ichki audit xizmatining mavjud funksiyalari faoliyati uning oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarga qanchalik mos tushishi haqida mustaqil va xolis fikrga ega boʻlish;
- korxonadagi ichki audit xizmatlarining asosiy isteʼmolchilari talablari va kutishlari qay darajada qondirilganligi boʻyicha mustaqil baho olish;
- korxonaning ichki audit xizmati faoliyatining Standartlar talablari va ichki audit boʻyicha ilgʻor amaliyot namunalariga mutanosibligi boʻyicha mustaqil baho olish;
- korxonada ichki audit xizmatining funksiyalari faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar olish.
Yuqoridagi keltirilgan tavsiya va takliflarni inobatga olib, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oʻz faoliyatida ichki audit xizmatidan muntazam foydalanishi kelgusidagi muvaffaqiyatlarning muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi, ichki audit xizmati samaradorligini toʻgʻri baholash orqali uni tashkil etish korxonalar mulk egalarining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda ichki audit xizmati samaradorligini baholashda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan «Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisida nizom». – T.: Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006. 42 (230)-son.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF4720 “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 17-son, 204- modda
3. Сотниковa Л.В. Внутренний контроль и aудит. Учебник. Финстaтинформ, – Москвa.: 2000. – 239 с
4. Пугaчёв В.В. Внутренний aудит и контроль. Оргaнизaция внутреннего aудитa в условиях экономического кризисa: учеб. – М.: Дело и сервис, 2010. – 224 с.
5. www.gki.uz - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Raqobat qoʻmitasi sayti.
Download 29.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling