O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Fiskal Instituti
Download 165.5 Kb.
|
Ermurodov I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiz solig’i stavkalari
Aksiz solig’i solinadigan baza
Soliq kodeksining 232-moddasida soliq solinadigan baza baratafsil bayon qilingan. Bu quyidagilardir: Aksiz solig’ining stavkalari mutloq so’mmada (qat’iy) belgilangan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar boshqa cha koida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizasiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning aksiz solig’i hamda Qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati Soliq solinadigan bazadir. Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan devidendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizasiya qilingan taqdirda Soliq to’lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqikiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat Soliq solinadigan bazadir. Qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi. Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda belgilangan import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofik aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi Aksiz solig’i stavkalari Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari Prezident Karorlari bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov birligi mutlaq so’mmada (qat’iy) belgilanadi. 2011 yil uchun tasdiqlangan aksiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari quyida keltirildi. Jadval Mamlakatda ishlab chiqarilib aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig’i stavkalari
*) Hajmiy ulushda etil spirti 40 foizdan ko’p bo’lgan qonyak, arok va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig’i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 31236 so’m miqdorida belgilanadi. Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling