O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi fiskal institut


Download 222.63 Kb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi222.63 Kb.
#1396207
1   2   3   4   5
Bog'liq
sobirov Abdulaziz mustaqil ish

Soliq stavkalari
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
1-jadval5

T/r

Tamaki mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab chiqariladigan

1.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek

360 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2022-yil 1-yanvardan:
185 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz
2022-yil 1-iyundan:
203 500 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2.

Sigara

5 200 so‘m/1 dona

3.

Chilim uchun tamaki

310 000 so‘m/kg*




4.

Chekiladigan, o‘rama tamaki

310 000 so‘m/kg




5.

Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki

310 000 so‘m/kg




6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar

310 000 so‘m/kg




7.

Nikotinli tamakisiz snyus

125 000 so‘m/kg




8.

Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**

550 so‘m/ml

Soliq kodeksiga muofiq aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.


Soliq kodeksiga muofiq soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi to‘g‘risidagi axborotni iste’mol qadog‘ida (idishda) ko‘rsatish sharti bilan qo‘llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo‘yicha tamaki xomashyosi massasi netto og‘irligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz solig‘i netto og‘irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tamaki xomashyosining og‘irligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
Soliq kodeksiga muofiq soliq stavkasi tovarning netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi, bunda iste’mol qadog‘ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og‘irligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tovarning og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadog‘ini (idishini) hisobga olgan holda netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.



Download 222.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling