O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi
Download 1.74 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
2012-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi
2011-yilga nisbatan 1,3 barobar oshdi. Ajratilgan kreditlarning 76 foizdan ziyodi uch yildan ortiq muddatga berilgan uzoq muddatli kreditlar ekani, ayniqsa, e’tiborga molik. Mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘tgan yil natijalarini baholaganda, Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Veronika Bakalu xonimning ushbu missiyaning O‘zbekistonda 2012-yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari 14
bo‘yicha bildirgan fikrlarini keltirish o‘rinli, deb bilaman. Uning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. Soliq-byudjet va tashqi faoliyat sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya qildi”.* Xulosa XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko`lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo`nalishlari shakllandi. Ular uch yo`nalishdan: neoklassika, institutsionalizm va keynschilikdan iborat. Klassik nazariyaning marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida namoyon bo`ldi. Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o`zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo`lib, u bozor munosabatlari tahlilining yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o`zaro bog`liqligini tahlil qilishda metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Institutsional iqtisodiyot rivojlanishida o`zaro o`xshash nomdagi neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Byukenen, G.Tallok), transaksiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilyamson), axborot (J.Stigler)
o`zgartirishga qodirligi ta’kidlanadi. Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq ko`rinishdagi dasturi kelishuvlar iqtisodiyoti (L.Tevano, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye)dir. Uni tahlil qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling