Mulk-korxona. Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo`linishiga dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo`lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo`jayinga o`tadi.
Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro`ga asoslangan hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo bo`lishi bilan birga yollanma xodim va xo`jayin, ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o`zining mehnat qobiliyatini sotishga majbur bo`lgan iqtisodiy agent hamda xo`jalikning yangi xili – korxonani tashkil etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo`ladi.
Xo`jayin. Xo`jayinning shaxsiy maqsadi - qo`shimcha qiymatni olish uni iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy etishga undaydi. Xo`jayin o`ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – iqtisodiy faoliyatni ratsionalashtirish egasiga aylanadi.
Yollanma xodim. Xodim – bu faqat o`zining mehnat qilish qobiliyati uning huquqining ob’ekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu qobiliyat, so`zsiz, uning o`ziga tegishli, ya’ni xodimning o`zi kimningdir huquqlarining ob’ekti hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash huquqini qo`lga kiritadi va b) o`z faoliyatining mahsulotlariga bo`lgan huquqni yo`qotadi. Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |