O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-jadval Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan faoliyat turi ulushining tahlili
- Faoliyat turi Mustaqil ravishda (implitsit
- 7.3-jadval Transaksiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti
- Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi axborot manbai sifatida
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari
| |||||
7.1-jadval | |||||
|
| ||||
|
|
|
|
| |
Qiyosiy monitoring xarajatlari parametrlari |
|
Shartnoma xillari |
| ||
|
|
klassik |
|
neoklassik |
implitsit |
1. Rag`batlar kuchi |
|
|
Q |
0 | |
2. |
Nazorat qilish samaradorligi |
0 |
|
Q |
|
3. |
Ishtirokchilarning kutilmagan holatlarga |
|
|
Q |
0 |
avtonom moslashishi |
|
|
|
| |
4. |
Ishtirokchilarning kutilmagan holatlarga |
0 |
|
Q |
|
kelishilgan tarzda moslashishi |
|
|
|
| |
5. |
Nizolarni hal etish huquqiy tadbirlarining |
|
|
Q |
0 |
qulayligi |
|
|
|
|
Izoh: QQ- eng samarali; Q- yetarlicha samarali; 0 - samarasiz.
Misol tariqasida korxona rahbarlarining korxonalar sohasiga taalluqli bo`lmagan faoliyat turini mustaqil ravishda yoki chetki tashkilotlarga pudrat (neoklassik shartnoma) asosida bajarishni afzal ko`rishiga oid ma’lumotlari 10.2-jadvalda keltirilgan.
7.2-jadval
Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan faoliyat turi ulushining tahlili
|
Faoliyat turi |
|
Mustaqil ravishda (implitsit | |||
|
|
|
|
shartnoma asosida) bajarish ulushi, | ||
|
|
|
|
|
foizda |
|
|
|
|
|
1990-1992 |
1994-1995 |
1996-1998 |
|
|
|
|
yy. |
yy. |
yy. |
1. |
Ilmiy-tadqiqot |
va |
tajriba |
100 |
70 |
50 |
konstrukturlik ishlanmalari (ITTKI) |
|
|
| |||
2. |
Qurilishni loyihalashtirish |
|
50 |
60 |
50 | |
3. |
Qurilish-montaj ishlari |
|
72 |
44 |
45 | |
4. |
Jihozlarga xizmat ko`rsatish |
|
65 |
63 |
63 | |
5. |
Asbob-anjomlar ishlab chiqarish |
73 |
77 |
73 | ||
6. |
Idishlar ishlab chiqarish |
|
68 |
51 |
71 | |
7. |
Issiqlik ta’minoti |
|
|
100 |
10 |
10 |
8. |
Transport xizmati |
|
|
75 |
72 |
82 |
Manba: horij ekspert baholari ma’lumotlari.
Faoliyatning ma’lum turini mustaqil ravishda amalga oshiruvchi korxonalar ulushining eng tez qisqarishi ITTKI, qurilish-montaj ishlari va issiqlik ta’minoti sohasida kuzatiladi. Tabiiyki, bu ushbu faoliyat turlari klassik shartnomadan foydalanish xarajatlarining pasayishi bilan bog`liq. Aksincha, klassik shartnoma asosida transport xizmatlariga ega bo`lish xarajatlari ko`rib chiqilayotgan davrda korxonaning tarkibiy transport bo`linmasini barpo etishga nisbatan oshdi.
82
Firma ichki tuzilmalarining turli variantlarini ham huddi shu tariqa taqqoslash mumkin. Butlovchi qismlarning alohida turlarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tarkibiy bo`linmalar yo unitar, yoki xolding, yoxud multidivizional tuzilma doirasida o`zaro hamkorlik qiladi, deylik. Unda barcha axborot oqimi markazlashgan unitar tuzilmada axborotni qidirish xarajatlari eng kam va xolding tuzilmada eng yuqori, chunki bo`linmalar hatto faqat moliyaviy ko`rsatkichlarni nazorat qiluvchi bosh ofisda ham bir biri haqidagi axborotga ega bo`la olmaydi. Muzokaralar yuritish xarajatlari unitar korxonada eng kam, bo`linmalari tarqoq joylashgan xoldingda esa - eng yuqori. O`lchash xarajatlari xoldingda yuqori, u yerda yagona standartlarni joriy etish vazifalari qo`yilmaydi. Shartnoma tuzish xarajatlari bosh ofis va bo`linmalar o`rtasidagi huquqlarni chegaralash qiyinligi tufayli multidivizional tuzilmada eng yuqori. Monitoring xarajatlari xoldingda eng past. U yerda bo`linmalarning opportunistik xatti-harakatlari ustidan nazorat bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi. Transaksiya xarajatlari miqdorining tafsiloti 10.3-jadval ko`rinishida berilgan.
7.3-jadval
Transaksiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti
Transaksiya |
Unitar korxona |
Xolding |
Multidivizional |
xarajatlarining xili |
|
|
tuzilma |
Axborotni qidirish |
1 |
3 |
2 |
Muzokaralarolib |
1 |
3 |
2 |
borish |
|
|
|
O`lchash |
1 |
2 |
1 |
Shartnoma tuzish |
1 |
2 |
3 |
Monitoring |
3 |
1 |
2 |
Mulkchilik |
- |
- |
- |
huquqlarini |
|
|
|
himoyalash |
|
|
|
Uchinchi |
- |
- |
- |
shaxslardan |
|
|
|
himoyalash |
|
|
|
Jami |
7 (min) |
11 (max) |
10 |
Demak, unitar korxona transaksiya xarajatlarining eng past umumiy miqdori bilan tavsiflanadi. Biroq amalda tarmoq bozoridagi muayyan vaziyat hisobga olinishi lozim. Masalan, sarmoya bozori va fond bozorining rivojlanmaganligi sarmoyaning tarmoqlararo oqimini ta’minlash uchun xoldingning jozibadorligini, sarmoyaning tarmoq ichida oqimini ta’minlash uchun esa multidivizional tuzilmaning jozibadorligini oshiradi. Bundan tashqari, bitimning xususiyatiga qarab har bir parametrga (0 dan 1 gacha) alohida ulush berish zarur. Axborotni qidirib topish xarajatlarining nisbati emas, balki aynan monitoring xarajatlarining nisbati hal qiluvchi bo`lishi mumkin.
83
Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi axborot manbai sifatida
Ekspert baholaridan tashqari, transaksiya xarajatlarining nisbiy miqdori va tashkiliy tuzilmaning optimallik darajasi haqidagi axborot manbai bo`lib buxgalteriya hisobotlarining, birinchi galda balans hamda foyda va zararlar haqidagi hisobot (daromadlar haqidagi hisobot)ning ma’lumotlari xizmat qilishi mumkin. Balansdan foydalanishning bunday yo`nalishi asosan firmaning kreditga layoqatliligini imkoniyatli kreditorlar nuqtai nazaridan baholashga qaratilgan moliyaviy tahlilning oddiy texnologiyasidan farq qiladi. Institutsional tahlil uchun biz taklif etayotgan balansdan foydalanish metodologiyasi, albatta, to`liq emas, shuning uchun unga nisbatan mutlaq aniq va to`la-to`kis xususiyatga da’vogarlik qilmaydigan xomaki variant singari munosabatda bo`lish lozim.
Buxgalteriya hisobotining institutsional tahlilidagi dastlabki nuqta sifatida biz daromadlar haqidagi hisobot asosida aniqlanadigan firma mahsulotini sotish narxining tarkibi «axborotning uchta xilini: tashkilotning ichki tafsilotlari haqidagi, bozordagi raqobat darajasi haqidagi va firma strategiyasi haqidagi axborotni sintez qiladi», degan tezicni qabul qilamiz. Haqiqatdan ham, tannarx tarkibi nafaqat ishlab chiqarish va texnologik xarajatlarni, balki tashkilot ichida yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini ham aks ettiradi. Ikkinchi tomondan, daromadlar tarkibi firma faoliyat ko`rsatadigan tashqi muhit haqidagi: talabning holati va dinamikasi, raqobatchilar tovarlarining narxi va sifati, raqib firmalarning savdo tajovuzkorligi darajasi, mazkur sektorda transaksiya xarajatlarining miqdori haqidagi axborotni ham o`zida mujassam etadi.
Alohida firmaning buxgalteriya hisobotida mujassamlangan axborot o`z o`zicha kam ma’lumot beradi: institutsional tahlil uni tarmoq bo`yicha yoki shunday o`lchamdagi firmalar guruhlari bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichlar bilan taqqoslashni talab qiladi, chunki gap transaksiya xarajatlarini mutlaq emas, balki nisbiy ifodada o`lchash haqida borayapti. Masalan, Yaponiyada har yili 865 ta yirik firmaning o`rtacha holatga keltirilgan balansi ko`rsatkichlari hisoblab chiqiladi (NEEDS – Nikkei Economic Electronic Data System). Aynan o`rtacha holatga keltirilgan balans ma’lumotlari asosida M.Aoki to`plangan chiqarish nafaqalari miqdori firma tomonidan xodimning firma uchun o`ziga xos ko`nikmalar va bilimlarga ega bo`lishi uchun sarflanadigan sa’y-harakatlarga to`g`ri proporsional degan farazdan kelib chiqib, j firmada inson sarmoyasi o`ziga xosligining miqdorini baholashga urindi. Bunday ehtimollikni Yaponiya firmalarida chiqarish nafaqalarini shakllantirish tartibotini tahlil qilish orqali qabul qilish mumkin. Har bir yangi xodimning kelishi bilan uning nomiga maxsus hisobvaraq ochiladi, undagi mablag`lar summasi ish stajining ortishi va ichki iyerarxiya eshelonlar bo`yicha harakatlanishga qarab oshadi. Chiqish nafaqasi pensiyaga ketishida yoki muddatidan oldin ishdan bo`shaganida, to`lanadi (ikkinchi holatda xodim katta yo`qotishlarga duch keladi), bu uni firma tomonidan to`lanadigan yakka pensiyaga yaqinlashtiradi. M.Aoki firmada inson kapitali o`ziga xosligining darajasini to`plangan chiqish nafaqalari summasining firmaning umumiy sarmoyasiga nisbati sifatida hisoblab chiqiladigan indeks yordamida
84
aniqladi. Agar muayyan firma uchun hisoblab chiqilgan bunday indeks o`rtachalashtirilgan balans ma’lumotlari bo`yicha hisoblab chiqilgan indeksdan ortiq bo`lsa, u holda firmada inson sarmoyasi o`ziga xosligining darajasi nisbatan yuqori, va aksincha.
NEEDS analogi har bir mamlakatda ham hisoblab chiqilavermasligiga qaramay, istalgan yirik konsalting yoki auditorlik firmasining ma’lumotlar bazasi taqqoslash uchun zarur bo`lgan axborotni o`zida mujassam etgan. Endi tashkilotning ichki tuzilishi va uning bozor strategiyasi haqida xulosa chiqarish imkonini beruvchi indekslarning yig`indisini batafsil ko`rib chiqamiz. Dastlab balansning umumiy tarkibini va GAAP standartidagi daromadlar haqidagi hisobotni yodga olamiz (10.4-jadval).
Aktiv va passiv alohida moddalarining tahlili tashkilotda huquqlarning real taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo`lish imkonini beradi, u, biz shunga amin bo`ldikki, rasmiy, ta’sis hujjatlari va aksiyadorlar reestrida qayd etilgan taqsimlashga hamma vaqt ham mos kelmaydi.
«Xodimlarga ish haqi bo`yicha qarzdorlik»
I11 q
«Jami joriy operatsion majburiyatlar»
I11 indeks korxona xodimlarining qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta’siri darajasini aks ettiradi. Banklar, davlat va o`zaro bog`liq korxonalar oldidagi qisqa muddatli qarzdorlik bo`yicha ham shunga o`xshash I1i indekslar hisoblab chiqiladi. Agar korxona rahbariyati xodimlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni banklar, davlat (byudjet) va o`zaro bog`liq korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishdan ko`ra ustuvorli deb hisoblasa, u holda bu mehnat jamoasi tomonidan egalik qilish, tasarruf etish va daromad olish huquqiga norasmiy egalik qilinishidan dalolat beradi.
«Uzoq muddatli kreditlar: ta’minlanmagan»
I2 q
«Jami uzoq muddatli majburiyatlar»
Banklar tomonidan korxona ustidan nazorat darajasini aniqlash uchun I2 indeksni hisoblab chiqish ham foydali, chunki bank tomonidan garov bilan ta’minlanmagan kreditlar, faqat berilgan kredit qaytarilishining boshqa, norasmiy kafolatlari ko`zda tutilgan hollarda, berilishi mumkin7.
«Kreditorning o`z pullarini qaytarib olish huquqi chegaralangan, lekin aksiyadorlarnikiga qaraganda kam, chunki (kreditorlarda) nazorat qilishning bilvosita, nomuayyan usullari mavjud» (Stiglits Dj. Kreditnoye ro’nki i kontrol nad kapitalom. ~ MEIMO, 1989, № 6, s. 46~47).
85
7.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling