O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
«Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
Download 1.74 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
7.2. «Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
«Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo`naltirilgan rag`batlar tizimini qidirish bilan optimal shartnoma nazariyasi, yoki, «prinsipal-agent» nazariyasi shug`ullanadi. Ko`pincha ushbu muammoni hal etishning quyidagi variantlari ko`rsatiladi. «Agentlar» raqobati. «Prinsipal-agent» muammosini hal etishning birinchi varianti agentlar o`rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. Bunda odatiy shartnomadan farqli o`laroq «agent» tomonidan nafaqat «prinsipal» belgilagan (masalan, ishlab chiqarish) darajasiga erishilishi, balki qolgan «agentlar»ga nisbatan eng yuqori darajaga erishilishi (qo`shimcha ravishda) rag`batlantiriladi. «Agentlar» raqobati g`oyasi bir-birining harakatlari ustidan o`zaro nazorat qilish uchun «agentlar»ning o`zlaridan foydalanish imkonini beradi. Chunki, agar eng katta mukofot «prinsipal» tomonidan qo`yilgan vazifalarni hal etishda eng yaxshi nisbiy ko`rsatkichlarga erishgan «agent»ga tegsa, «agentlar» boshqalarning muvaffaqiyatlariga hasad bilan qaray boshlaydilar – atrofdagilarning muvaffaqiyati o`z muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatlarining pasayishini anglatadi. Ikkinchi tomondan, boshqa «agentlar»ga nisbatan oshirilgan «g`olib» mukofoti unumdorlikni oshirishga nisbatan kuchli rag`bat hisoblanadi, chunki past ehtimolli yirik yutuq istiqboli yuqori ehtimolli yirik yutuqqa qaraganda kam jozibali (yutuqdan matematik kutish taxminan bir xil). «Quyi daraja menejerlarining shunday foydali o`rinni egallashga intilishini rag`batlantirishni hisobga olgan holda, yuqori daraja menejerlariga ular mehnatining yuqori mahsulotidan ortiq bo`lgan mukofotni to`lash samarali bo`lishi mumkin». Biroq raqobatilashish elementidan foydalanish o`z chegarasiga ega: 94
faqat «g`olibning» mukofoti eng xatarli strategiyani tanlashni rag`batlantiradi: «agentlarni» «teskari tanlash» yuz beradi, uning natijasida eng xatarli strategiyalarni qo`llovchi «agentlar» qoladi; «agent»ning «tabiiy» kutilmagan holatlar bilan bog`liq xatarga moyilligi darajasi chegaralangan; «agentlar» o`rtasidagi raqobat ular o`rtasidagi munosabatlardagi ishonch elementlarini butunlay yo`qqa chiqaradi: «agentlar»ning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiluvchi vazifalar deyarli amalga oshirilmaydigan bo`lib qoladi. 2. «Agent»ning qo`shma faoliyat natijalarida ishtirok etishi. Muammoni hal etishning ikkinchi varianti «agent» tomonidan qat’iy belgilanmagan, balki firma faoliyatining natijalariga bog`liq bo`lgan mukofotni to`lashni nazarda tutuvchi yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat. Bunga, masalan, yollanma xodimlarning firmaning foydasida ishtirok etishining turli shakllari, shu jumladan aksiyadorlik korxonasining sarmoyasida ishtirok etish kiradi. AQShda ko`p yillardan buyon ESOP dasturi amal qilmoqda, unga ko`ra 10 foizdan ortiq sanoat korxonalarining xodimlari o`z korxonasi aksiyalarini xarid qilishda imtiyozlarga ega bo`lishadi. «Agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishining barcha xildagi sxemalari ichida mukfotning natijalarga liniyali bog`liqligini nazarda tutuvchi oddiy sxemalar eng samarali hisoblanadi. Bu ularda liniyali bo`lmagan sxemalardan foydalaniladigan shartnomalarni tuzishning yuqori xarajatlari bilan ham, «agentlar» tomonidan mukofotning natijalarga murakkab bog`liqligini qiyin qabul qilinishi bilan ham bog`liq. Eng qulay variantlarda qat’iy belgilangan mukofot «agent»ga emas, balki «prinsipal»ga taklif etiladi, ya’ni «agent» «prinsipal»ga renta va foydaning ulushini to`lagan holda undan mol-mulkni ijaraga oladi. «Agent» tomonidan «prinsipal» topshiriqlarining vijdonan bajarilishini rag`batlantirishning bunday sxemalarni amaliyotda qo`llashga quyidagi omillar to`sqinlik qiladi: «agent»ning xatarga moyilligi darajasi; «agent» tomonidan mol-mulkning ijaraga olinishi yoki uning mulkda ishtirok etishi uchun resurslarning chegaralanganligi; bunda «agent» tomonidan ushbu maqsadlar uchun bankdan ssudalar olishi o`sha axborot asimmetriyasi muammosi hamda u bilan kreditor sifatida bank o`rtasidagi munosabatlardagi ma’naviy xatar tufayli murakkablashgan. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling