Ushbu o`yinda «prinsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi muammosi yaqqol ko`rinib turibdi. Bunda Nesh bo`yicha muvozanat mavjud emas: «prinsipal» va «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda optimal natijaga erishish tashkilotning o`sishi jarayonida yuzaga keladigan tahdid ostida bo`ladi.
Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o`sishiga to`g`ri proporsional emas. Bu yerda «prinsipal» va «agent» o`rtasida axborot asimmetriyasining paydo bo`lishi omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o`yinchi – «tabiat» bilan o`yinni tahlil qilgan holda, biz ikkita asosiy o`yinchi o`rtasidagi axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. Tashkilot ichida axborot asimmetriyasining paydo bo`lishi sabablarini aniqlash uchun, institutsional tizim sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini eslaymiz.
Hech qanday o`ylangan markaz (ya’ni «prinsipal») hamma vaqt barcha hodisalardan xabardor bo`lib turishga ... va ushbu axborotni manfaatdor tomonlarning hukmiga tezkor havola etishga qodir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |