O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
Download 1.74 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
7.5. Firmalarning asosiy xillari
Korxonalar rivojlanishi trayektoriyalarining o`ziga xos xususiyati korxonalar tashkiliy tuzilishidagi milliy farqlarni belgilab beradi. Bugungi kunda istalgan mamlakatdagi yirik korxonalarning aksariyati jahon bozorida yuzaga kelgan tendensiyalarni hisobga olgan holda harakat qilishiga qaramay, ularning tashkiliy tuzilishlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalarning xilma-xilligi kuzatiladi. Chunki tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini tanlashga ta’sir ko`rsatgan omillar yig`indisi har bir mamlakatda har xil. Tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: - institutsional muhit, shu jumladan institutsional rivojlanish trayektoriyasi; aktivlarning o`ziga xoslik darajasi (raqobot bozorining rivojlanganlik darajasi); tashqi muhitning noaniqlik darajasi (bozorning barqarorlik darajasi); 100
xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga nisbatan betaraf bo`lgan insonlar ulushi); ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog`liq bo`lgan bitimlarning murakkablik darajasi; qonundan foydalanish narxi va xufyonalik narxining nisbati. Tashkiliy rivojlanish milliy trayektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga – unitar, xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funksiyasiga, korxonaning yetkazib beruvchilar, iste’molchilar va yollanma xodimlar bilan munosabatlardagi xatti-harakatiga, shuningdek korxona faoliyat ko`rsatishining ko`plab boshqa parametrlariga taalluqli. Endi korxonalarning bir necha ideal xillarini yoritishga harakat qilamiz: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona (B korxona); Amerika firmasi (A firma); Yaponiya firmasi (J firma) va o`tish xilidagi korxona (O` korxona). Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona. Korxonaning ushbu xiliga nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog`liqki, Rossiya va Sharqiy Yevropa korxonalari katta qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona foydani ko`paytirishga emas, balki normal yuklamali rejani bajarishga yo`naltirilgan. «Prinsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega emas, balki muhokama yoki rejali savdoning predmeti hisoblanadi. Ushbu savdoda korxonaning ovozi ruxsatning yuqori chegarasi, normadan tepaga chiqish haqida ogohlantiradi, yuqori turuvchi organning ovozi esa ruxsatning quyi chegarasi, normadan quyiga og`ish haqida eslatadi». Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling