O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


207 
 
5-BOB. RAQAMLI OLAMDA MA’LUMOTLAR HAVFSIZLIGINI 
TA’MINLASH 
5.1. Ma’lumotlar havfsizligini ta’minlashda kriptografiya 
Grek tilidan tarjima qilganda, kriptografiya so’zi “mahfiy yozuv” ma’nosini 
anglatadi. Kriptografiyaning klassik masalasi qandaydir boshlang’ich matnni 
(ochiq matnni) qandaydir qoidalar yordamida shifrlangan ko’rinishga o’tkazishdir. 
Bunda qandaydir belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi shifromatn yoki 
kriptogramma deb ataladi. Ochiq matnni oddiy inson tomonidan tushunarsiz 
xolatga o’tkazish jarayoni fan tili bilan shifrlash yoki deshifrlash atamalari bilan 
ham nomlangan. Shifrlash deganda barcha tomonidan tushuniladigan va ochiq 
ma’lumotlarni shifrlangan ma’lumotlarga (shifrlangan matnga) o’zgartirishga 
aytilsa, deshifrlash deganda shifrlangan ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlarga 
o’zgartiruvchi teskari jarayonga aytiladi. Shifrlash usuli (shifr) deb, shifrlash 
algoritmiga binoan ochiq informatsiyani berkitilgan (tushunarsiz) informatsiyaga 
o’zgartiruvchi amallar majmuasiga aytiladi. Ko’pchilik shifrlash tizimlari vaqtning 
beshavqat sinovlariga dosh bera olmadi, boshqalaridan esa xozirgi davrgacha 
foydalaniladi. Hisoblash mashinalari, komp’yuter tarmoqlari va internetning paydo 
bo’lishi ma’lumotlarni shifrlash-deshifrlashning ko’pgina yangi usullarining 
yaratilishiga turtki bo’ldi. Shifrga xujum (yoki kriptoanaliz) kalitni bilmasdan 
turib, shifrlash algoritmini aniqlashga va berk bo’lgan imformatsiyani beruxsat 
o’qishga (rasshifrovka qilishga) bo’lgan urinishdir.
Shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Shifrning kriptoanalizga (deshifrovkaga) bo’lgan turg’unligi (chidamliligi –
kriptoturg’unlik)shunday bo’lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina 
kalitlarning to’liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi 
mumkin bo’lsin; 

Kriptoturg’unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki 
kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi; 


208 

Shifromatn hajmi bo’yicha dastlabki informatsiyadan ortiq bo’lmasligi 
lozim; 

Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo’qolishiga olib 
kelmasligi kerak; 

Shifrlash vaqti juda ham katta bo’lmasligi zarur; 
Shifrlash algoritmining kriptoanalitik foydalanishi mumkin bo’lgan zaif 
tomonlari bo’lmasligi lozim. Agar bu shart bajarilsa, shifrning kriptoturg’unligi 
kalit uzunligi orqali aniqlanadi, chunki shifrlangan informatsiyani fosh etishning 
yagona yo’li – kalit kombinatsiyalarini saqlovchi algoritmni rasshifrovka qilishdir. 
Shunday qilib, kriptoanaliz uchun sarf qilinadigan vaqt va vositalar kalit uzunligiga 
hamda shifrlash algoritmining murakkabligiga bog’liqdir. Shifrlash usullari turli 
alomatlari bo’yicha quyidagi chizmada keltirilgandek tasniflanishi mumkin: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling