O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


D-texnologuya asosida uylar qurishga tayyorgarlik qilinayapti. Yuqorida  aytilganlardan kelib chiqqan xolda, shuni ta’kidlash mumkinki, raqamli3D


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

3D-texnologuya asosida uylar qurishga tayyorgarlik qilinayapti. Yuqorida 
aytilganlardan kelib chiqqan xolda, shuni ta’kidlash mumkinki, raqamli3D-
texnologiya har qanday ishlab chiqarish jarayonining samarasini bir necha barobar 
oshirish imkonini yaratadi hamda individual buyurtma asosida turli xildagi sanoat 
mahsulotlarini arzon narxlarda ishlab chiqarishga imkon beradi (on-demand-
production). Xuddi shuning uchun ham bunday texnologiyalarni O’zbekiston 
sharoitida ishlab chiqarishga keng tadbiq etish katta iqtisodiy samara beradi deyish 
mumkin. 3D-printerlarning oziq-ovqat sanoatida ishlatilishiga bir misol sifatida 
AQSH ning Kornel universiteti ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan «Solid 
Freeform Fabrication» texnologiyasini keltirish mumkin. Bunda xomashyo 
sifatida oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladigan gidrofil polimerlar ishlatilib, ular 
vositasida sun’iy shokolad, pechen’e, olma, sir, zefir, non va boshqa mahsulotlarni 
3D-printer yordamida xosil qilish mumkin bo’ldi. Xozirgi paytda plastikdan, 
gipsdan, mumdan, fotopolimerdan va metalldan turli xildagi modellar yasay 
oladigan 3D-printerlar ham mavjud. Agarda sizni 3D-printerlar bo’yicha 


204 
ma’lumotlar qiziqtirsa yoki 3D-informatsion model olishni juda ham istasangiz
info@vektorus.ru
 
elektron manziliga muroja’at qilishingiz mumkin. Misol 
sifatida 3D-printerning tasvirini quyida keltiramiz: 
3D-printerning ishlashjarayoni esa quyida tasvirlangan: 
3D-printerning xomashyolari tasviri esa quyidagucha: 
 
3D-faylning ekrandagi ko’rinishiga misol: 


205 
3D-printerlarning ishlashi uchun kerakli bo’lgan ob’ektlarning 3D-
modellarini tezda xosil qilish uchun turli xildagi va modellardagi 3D-skanerlardan 
foydalanish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash 
mumkinki, O’zbekiston respublikasinig raqamli innovatsion rivojlanishida 3D-
texnologiyalarning ahamiyati juda ham salmoqli bo’lib, bu amal juda katta 
iqtisodiy samara keltirishi mumkin. Bu esa kasb-xunar kollejlari va texnika oliy 
o’quv yurtlari hamda universitetlarida 3D-texnologiyalarga bag’ishlangan fanlar 
kiritish va bu yo’nalishda kadrlar tayyorlashni jadallashtirish zarurligini taqozo 
qiladi. Bu yo’nalish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlarni kengaytirishni va 
ommalashtirishni esa yangi tashkil etilgan innovatsion rivojlanish vazirligi
loyihalarni boshqarish milliy agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta mahsus 
ta’lim vazirligi hamda oily ta’lim muassasalari zimmasiga yuklash talab etiladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling