O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

komp’yuterlar vosidasida o’qitish jarayoni insonlarnikiga qaraganda yaxshi deb 
hisoblash mumkin?”. Chunku, birinchidan, zamonaviy raqamli information jamiyatda 
aqlli mashinalardan cho’chish hissi borgan sari kamayib bormoqda. Ikkinchidan, 
ko’pchilik mamlakatlarda malakali o’qituvchilar yetishmaydi va bu yetishmovchilikning 
o’rnini iloji boricha tezlik bilan raqamli texnologiyalar vositasida to’ldirish zarur. PISA 
2009 o’tkazgan izlanishlardan ham ma’lum bo’ldiki, Braziliyada 35% va Meksikada 
70% oqituchilar sifatli ta’lim berish uchun yetarli bo’lgan malakaga ega emas ekanlar. 
Xindiston, Xitoy va Yaponiyada ham yuqori malakali o’qituvchilar soni unchalik ko’p 
emas. Bot.Me: A Revolutionary Partnership deb nomlangan ilmiy izlanishda so’rov 
o’tkazilgan insonlarning 63% qismi sun’iy intellekt bilan jihozlangan mashinalar 
insoniyatning ko’pgina muammolarini hal qilib berishiga ishonishlarini bildirganlar. 
An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim 


196 
olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa 
talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak 
bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish 
darajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika 
bo’yicha 
ta’limning 
online 
platformasi 
bo’lgan 
Third 
Space 
Learningdao’qituvchining talabalar bilan muloqotini tahlil qilgan holda sun’iy intellekt 
algoritmlari asosida ta’lim jarayonini personalizatsiya qilish, ya’ni, talabalarga 
moslashtirishga haralat qilingan. “Men o’z raqamli yordamchimni qanday sifatda 
ko’raman?” degan savolga olingan javoblarni quida ko’rishimiz mumkin: 
Kambag’al oilalardan chiqqan yoshlar repetitorlarda o’qish yoki 
universitetga kirish haqida orzu ham qila olmaydilar. Masalan, 2008 yilda Lotin 
Amerikasida 4 dan 17 yoshgacha bo’lgan bolalardan 23 millioni ta’lim olish 
imkoniyatiga ega bo’lmagan. Maktabga bora olmagan bolalarning soni esa 40% 
dan oshgan (World Economic Forum ma’lumotlaridan). Shuning uchun ham
sun’iy intellekt asosida ishlaydigan raqamli va tekin standart o’qituvchilar paydo 
bo’lishi bu muammolarni hal qilib berishi mumkin. Bu nafaqat chet tillarni 
o’rganishda, balki boshqa fanlarni o’rganishda ham qo’l keladi. Juda ham qimmat 
bo’lmagan planshet sotib olib, unga sun’iy intellektli raqamli o’qituvchini yuklab 
olgan holda barcha tabaqaga mansub insonlar ta’limni davom ettirishlari mumkin. 


197 
Bir necha o’n yillardan so’ng, insonlarga oily ma’lumot olish huddi o’qish-
yozishni bilganday oddiy bir hol bo’lib qolishi mumkin. Melinda va Bill Geytsning 
ta’limni rivojlantirish bo’yicha REND fondi mutaxassislari ta’kidlashicha, 
individuallashtirilgan ta’lim berish jarayoni o’quvchilarga fanlarni chuqur 
o’zlashtirish imkonini beradi. Har bir o’quvchiga individual yondoshuv nafaqat 
o’quv materialini tez o’zlashtirsh, balki fanni sevib qolish imkoniyatini ham 
beradi. Haqiqatan ham eng yaxshi o’qituvchilar har bir o’quvchiga alohida 
yondoshuv bilan ishlaydilar. Yaxshi pedagog dars berishdan tashqari
o’quvchilarni ruxlantiradi va fanga qiziqish uyg’ota oladi. Ammo xozirgi paytdagi 
maktab va universitetlarda har bir o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech 
ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda 
hozirgi kunda universitetlarda va maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, 
ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab 
qilinadi. Buning esa moliyaviy va tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi 
shuning uchun ham o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron 
yordamchilar hamda chat-botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada 
yechilishiga olib keladi. Ammo sun’iy intellekt bilan jihozlangan personallashgan 
raqamli o’qituvchilar individual ta’lim muammosini muvaffaqiyatli hal qilib 
berishlari mumkin. Mikrosoft va Parla ning mutaxassislari individualizatsiyaga 
undov bergan xoldagi sun’iy intellektli raqamli elektron o’qituvchilar yaratish 
ustida ishlamoqdalar. Yaqin yillar ichida qanday soha mutaxassislari sun’iy 
intellekt bilan birinchi navbatda almashiniladi deb nomlangan va Bot.Me: A 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling