O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi
- Knewton
2U ёки 2Tor — tijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniya bo’lib, u
2008yilda zamonaviy ta’lim tanqidchisi va taniqli tadbirkor Djon Katsman tomonidan tashkil qilingan. Ushbu kompaniya bir necha yilga mo’ljallangan to’liq on-layn kurslar yaratish bo’yicha yetakchi Amerika universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya tomonidan interaktiv qo’llanmalar, planshet va smartfonlar uchun dasturlar, on-layn ma’ruzalar va talaba hamda professorlarning muloqotini amalga oshiruvchi funktsional qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Har bir kursning platformasini ishlab chiqish uchun 2U(yoki 2Tor) kompaniyasi turli xil venchur fondler tomonidan ajratilgan 10 million dollar atrofidagi mablag’ sarfqilmoqda. Bu loyihaning boshlang’ch bosqichidagina tahminan 100 million dollar mablag’ sarf qilingan. Ta’lim texnologiyasining ushbu bo’lim sarlavhasida keltirilgan qolgan to’rtta asosiy yo’nalishlari esa quyida imkoniyat darajasida tavsif etiladi. 187 Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda universallashtirishga intilib, ta’lim berishda insonlarni bir-birlariga maksimal darajada o’xshash qilib modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Xozirgi zamondagi maktab va universitetlar o’z talaba-o’quvchilarini klassik “qora qutilar” ko’rinishida tasavvur qilib, ularning barchasiga bir xil ma’lumot beradilar va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olmagan holda ulardan javob reaktsiyasini kutadilar. Bunday yondoshuv ko’pchilik tomonidan allaqachon voz kechilishi kerak bo’lgan industrial davr anaxronizmi sifatida tushuniladi. Kimlardir bu muammoni o’quv jarayoiniga ko’proq o’qituvchlarni jalb qilgan holda hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o’quvchiga alohida diqqat- e’tibor qaratilib, ularning talab-istaklarini va qobiliyatlarini nazarga olgan holda o’quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish mumkin. Lekin bu juda ham qimmatga tushadigan tadbir bo’lgani uchun, pedagogika bo’yicha ko’pchilik mutahassislar ta’lim jarayoniga zamonaviy komp’yuterlarning dasturiy-texnik vositalarini va imkoniyatlarini jalb qilish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Agarda shu yo’ldan borilsa, kelajakda komp’yuterlar tegishli dasturiy-texnik ta’minot yordamida har bir o’quvchi yoki talabaga uning intellektual, emotsional va bilim darajasiga muvofiq ravishda individual o’quv dasturlarini tuzib bera olgan bo’lar edilar. Misol sifatida 2008 yilda tijoriy ko’rinishda asos solingan va Knewton — deb nomlangan o’quv tizimini ko’rsatishimiz mumkin. Knewton — on-layn kurslar yaratuvchilariga kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan usullardan foydalangan holda talabaning konkret predmet bo’yicha o’zlashtirishini tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu yig’ilgan ma’lumotlar asosida Knewton har bir o’quvchi-talaba uchun mos keladigan unikal (noyob) dastur tuzib beradi. Talaba bilimining bo’sh va sayoz joylari nimalarda ekanligini, qanday ko’rinishdagi o’quv materiallarini u yaxshi o’zlashtirishini (matnmi, audio yoki videoni), endi u qaysi mavzuga o’tgani ma’qulroqligini mahsus dasturlar yordamida Knewton aniqlab bera oladi. O’quv adabiyotlarini tayyorlab beradigan dunyodagi eng katta nashriyotlardan biri 188 Pearson matematika bo’yicha on-layn kurslar yaratish uchun Knewton dan foydalanayotganligi ham uning to’g’ri yo’ldan ketayotganligini ko’rsatadi. Nashriyotning maqsadi – qo’llanmani o’qish bilan bir vaqtda talabaning muvaffaqiyatlariga mos ravishda qaytadan tashkillana oladigan interaktiv elektron o’quv qo’llanmalarni yaratish vaularni sotishni yo’lga qo’yishdir. Knewton kompaniyasi o’z ishlarini davom ettirish va kengaytirish uchun Piter Til va Rid Xoffman kabi venchur investorlardan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar olgan. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling