O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Injiniring firmalari – bir tomondan ilmiy izlanishlarni loyihalar bilan, 
ikkinchi tomondan, yangiliklarni ishlab chiqarish bilan o’ziga xos ravishda bog’lab 
turadigan tashkilotlardir. Injiniring faoliyati bilan mashg’ul firmalar turli xil ishlab 
chiqarish korxonalarini yaratish, loyihalashtirish, hizmat ko’rsatish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini optimal ravishda tashkil qilish bilan shug’ullanadilar. 
Raqamli innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlaydigan tuzilmalar ichida 
texnoparklar ham alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular asosiy va aylanma 
fondlarni, investitsiyalarni va intellektual zahiralarni innovatsion hizmatlarga 


179 
aylantiradilar. Katta texnoparklar texnopolislar deb atalsa, juda ham kattalari 
qandaydir raqamli innovatsion yo’nalishga ega bo’lgan va katta xududlarni 
egallagan ilmiy-texnikaviy xududlar (regionlar) deb nomlanadi. Texnopark 
tuzilmalarini murakkabligi oshib borishi ketma-ketligida joylashtirsak, quyidagini 
olamiz: inkubatorlar, texnologik parklar, texnopolislar, fan va texnologiya 
xududlari (regionlari). 
Texnologik park – ancha murakkab funktsional tuzilmaga ega bo’lgan ilmiy 
ishlab chiqarish xududiy kompleksi bo’lib, uning asosiy vazifasi - kichik va 
rivojlanishi ilm-fan talab qiladigan mijoz firmalarga iloji boricha qulay bo’lgan 
sharoitlar yaratishdir. Texnoparkning tuzilmaviy birligi innovatsiyalar markazi 
hisoblanadi. Eng keng ko’lamda tarqalgan markazlarga ilmiy izlanish markazi, 
biznes-inkubator, ilmiy-texnologik kompleks (innovatsion markaz), ishlab 
chiqarish zonasi, marketing markazi va o’quv markazi kiradi. Ushbu har bir 
markaz o’ziga mos bo’lgan hizmatlar turini amalga oshirib beradi. 
Biznes-inkubator - ko’p funktsiyali murakkab kompleks bo’lib, keng 
ko’lamdagi raqamli innovatsion hizmatlar ko’rsatadi. Innovatsion firma o’z 
texnologik yo’nalishiga bog’liq ravishda inkubatordan xonalari (yoki uskunalarni
ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi. Mijoz firmaning 
inkubatsion davri 2 yildan 5 yilgacha bo’lishi mumkin. Shundan so’ng u 
inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi. 
Texnopolis alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab 
chiqarish tuzilmasi bo’lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli 
o’rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va 
texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun 
ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan raqamli innovatsion tuzilmalar bolgan yangi 
yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling