O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Kichik biznesda raqamli innovatsion faoliyatining asosiy sub’ektlari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Kichik biznesda raqamli innovatsion faoliyatining asosiy sub’ektlari
Raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatida yangilklar yaratadigan va ularning sinov nushalarini yangi raqamli mahsulot sifatida ishlab chiqaradigan korxonalar, tashkilotlar yoki alohida shaxslar tushuniladi. Sub’ektlar sifatida Ilmiy g’oya Tajriba- konstruktorlik ishlanmalari Sinov namunasini yaratish Kam, seriyali yoki ommaviy ravishda ishlab chiqarish Yangi maxsulotning tarqatilishi 176 bulardan tashqari raqamli innovatsion jarayonga moliyaviy, information, marketing, patent-litsenziya, lizing, frentsayzing, sotuv va boshqa hizmatlar ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham qo’shishimiz mumkin. Yanada aniqroq qilib aytganda, raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardir: Raqamli innovatsion faoliyatning va innovatsion hizmatning alohida ko’rinishlari bo’lgan ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari va texnopolislar, texnoparklar, innovatsion markazlar, innovatsion-investitsion va biznes markazlar ko’rinishidagi tuzilmalar; Raqamli mahsulot yaratadigan ilmiy va ilmiy-tekshirish tashkilotlari (akademik va tarmoq ilmiy institutlari, konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar, tajriba maydonlari, oily ta’lim muassasalari); Raqamli mahsulot hosil qiladigan yirik va o’rtacha kattalikdagi korxona va tashkilotlar; Raqamli mahsulotlar yaratadigan kichik investitsion tashkilotlar va firmalar; Raqamli iqtisodiyot muammolari bilan shug’ullanadigsn innovatsion, ilmiy- tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi tashkilotlarning hizmatchilari; Raqamli iqtisodiyot sohasida yuksak iqtidorga ega bo’lgan olim, ixtirochi, dasturchi va malakali mutaxassislar. Huquqiy nuqtai-nazardan, raqamli innovatsion tadbrirkorlik faoliyati sub’ektlari deb, ilmiy-texnik yo’nalishlarda huquqiy shaxs hosil qilmasdan tadbirkorlik qilaoytgan shaxslar (ya’ni individual tadbirkorlar) ham tushunilib, ular bu faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun guvohnomalar olgan bo’lishlari lozim. Raqamli innovatsion tadbirkorlik faoliyatining bunday sub’ektlariga iqtisodiyotning turli sohalarida yangiliklar yaratib, ularni amaliyotga tadbiq etadigan ixtirochilarni, konstruktorlarni, ratsionalizatorlarni, komp’yuter dasturchilarini, frilanserlarni, dizaynerlarni (shu jumladan, web-dizaynerlarni), arxitektorlarni, texnologlarni va boshqa ijodiy soha sub’ektlarini kiritish mumkin. Raqamli innovatsion faoliyatning yetakchi sub’ektlariga esa innovatsion g’oyalarni konkret loyihalarga aylantiradigan va buning natijasida foyda ko’rinishidagi moliyaviy natija oladigan tijoriy tashkilotlarni kiritish mumkin. Shuning uchun raqamli innovatsion 177 tadbirkorlik faoliyatining sub’ektlariga mulk ko’rinishidan qat’iy nazar, ilmiy- tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlar hamda oliy o’quv yurtlari ham kiradi. Raqamli innovatsion faoliyatga hizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarni esa alohida guruhga ajratish mumkin. Xuddi shular raqamliinnovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi. Raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari o’zlarining xududiy ko’rsatgichlariga ko’ra, asosiy funktsiyalariga ko’ra, tashkiliy elementlariga ko’ra, innovatsion jarayonning tugallanganligiga ko’ra va bilimlar yaratish jarayoniga ko’ra farqlanishlari mumkin. Yuqori darajada ilmiy bilimlar talab qiladigan va murakkab innovatsion g’oyalarning amalga oshirilish jarayonida quyidagi turdagi tadbirkorlik tashkilotlari birlashmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsortsiumlar, kontsernlar, holding-kompaniyalar, moliya-ishlab chiqarish guruhlari, assotsiatsiyalar va huquqiy shaxslar birlashlamalari. Bunday birlashmalar ichida asosiy ahamiyatni yirik raqamliinnovatsion loyihalarni amalga oshira oladigan konsortsiumlar egallaydi. Raqamli innovatsion sohada konsortsiumni juda katta ilmiy izlanishlar talab qiladigan va juda katta investitsiyalarga muxtoj bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda banklar, kompaniylar, tashkilotlar, firmalar va ilmiy markazlar orasidagi vaqtinchalik kelishuv (ba’zan halqaro miqyosdagi) deb tushuntirish mumkin. Konsortsiumning o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, unga kirayotgan hamkorlar (konsortsium maqsadlariga bog’liq bo’lmaganlardan tashqari) o’zlarining iqtisodiy va huquqiy mustaqilliklarini saqlab qoladilar. Undan tashqari, konsortsium vaqtinchalik birlashma bo’lib, qo’yilgan maqsadlarga erishilganidan so’ng, o’z faoliyatini tugatadi. Raqamli innovatsion tadbirkorlik tuzilmalarining eng murakkab ko’rinishlaridan biri, ishlab chiqarish, transport, savdo va banklarni birlashtiradigan kontsern hisoblanadi. Kontsernning ishtirokchilari sifatida murakkab innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kuchlarini birlashtirgan alohida korxona va tashkilotlar, firmalar, banklar va investitsion kompaniyalar bo’lishi mumkin. Yirik korxonalar raqamli innovatsiyalarni o’zlashtirishda kichiklariga qaraganda quyidagi bir qancha afzalliklarga ega bo’ladilar: 178 Juda katta moliyaviy mablag’larni jalb qila olish, chunki katta innovatsiyalr juda katta mablag’lar va zahiralar talab qiladi; Ko’zda tutilmagan moliyaviy, tashkiliy va boshqacha qiyinchiliklar tug’ilganda, ularni birgalikda hal qilish imkoniyati; Ko’p maqsadlarni ko’zlagan holda innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati; Turli xil yo’nalishlarga oid olimlar, injener-texnik xodimlar va ixtirochilarni jalb qila olish imkoniyati; Halqaro loyihalarda qatnasha olish va natijalarni ham halqaro bozorga olib chiqa olish; Bir qancha innovatsion g’oyalarni bir vaqtda amalga oshira olish imkoniyati. Bularning barchasi birgalikda raqamli innovatsion faoliyatning samaradorligini bir necha marta oshiradi (sinergetik effect). Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, katta va kichik korxonalarning raqamli innovatsion faoliyati o’zaro bog’liqdir. Masalan, katta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi mahsulotlarni bozorlarga yetkazib berish, ularni homashyo va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, ularga hizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va shunga o’xshash boshqa ishlarni bajarish uchun kichik korxonalar katta firmalar bilan hamkorlikda ishlaydilar va natijada ularning o’zaro aloqasi kengayadi hamda mustahkamlanadi. Bu esa o’z navbatida raqamli innovatsion tadbirkorlik uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratadi. Raqamli innovatsion jarayonning kuchayishi uchun hizmat qiladigan kichik tashkiliy tuzilmalar ichida eng muhimlari venchur, injiniring va yangiliklarni amaliyotga tadbiq qiladigan firmalar hisoblanadi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling