O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu
tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni tijoriylashtirishga 172 (ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni raqamli innovatsion tizimning nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin: Fundamental bilim, g’oyalar, ixtirolar va ilmiy yangiliklar Amaliy ilmiy izlanishlar va amaliy fan Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Bozorga chiqish Mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish Yangiliklarning multiplikativ tijoriy samara berishi uchun kompleks infratuzilmasini yaratish 173 Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa, Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi: Raqamlashtirish vositasida iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo’shimcha ish joylarini yaratish; Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish; Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va bilim darajasini oshirish; Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish; Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilish. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim 174 o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin. 4.3. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning roli Yangi raqamli mahsulot (yoki hizmat)larni hayotga tadbiq qilish bilan tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga oshiriladigan raqamli innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi bilim va informatsiyani (yoki raqamli innovatsion faoliyatni) yaratish jarayonini tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan raqamli innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga asosan esa raqamli innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa raqamli innovatsion faoliyat deb fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Raqamli innovatsion faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar (bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar) yaratish jarajonining bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin: 175 Raqamli innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish kabi yangi raqamli mahsulot yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga qamrab olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (raqamli innovatsiyalarning) hayotiy tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi, balki u seriyali va ommaviy ishlab chiqarish, sotish, raqamli mahsulotni tarqatish va undan foydalanish jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda raqamli innovatsion mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom sanoati mahsulotlari yoki meditsina, yadro fizikasi va boshqa yuqori texnologik sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (yagona, noyob, bir nushada) raqamli mahsulotlarni keltirish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, har qanday seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling