Texnologiya ta’limining rivojlanishi va fanning ustuvor yo’nalishlari


Download 48.5 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1459571
  1   2
Bog'liq
maqola texnologiya fanining rivojlanishi va fanning ustuvor yo\'nalishlari maqola


Texnologiya ta’limining rivojlanishi va fanning ustuvor yo’nalishlari
Sh.U.Nizamova, QDPI filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD
G’aniyeva Munosibxon murodjon qizi,
QDPI 2- bosqich magistranti


Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya fani va uning rivojlanishi, umumtalim maktablariga fan sifatida kirib kelishi, keyingi yillarida texnologiya fanida kiritilgan ózgartirishlar hamda fanga oid kompensiyaning mazmuni yoritib ótilgan.
Kalit sózlar: texnologiya, mehnat ta'limi, texnika, óquv rejasi, profilli óqitish, qaror, DTS, intellectual salohiyat, konsepsiya.
Bugungi kundagi umumta’lim maktablaridagi texnologiya fani dastlab mehnat ta’limi fani deb yuritilgan. Bu fan asosan ishlab chiqarish sohasi bilan bevosita bog’liqlikda o’rganilgan. Hozirgi kunda esa zamon talabi va ishlab chiqarish sanoatini texnika va texnologiyalari bilan hamnafas bo’lganligi uchun fan nomi yanada kengaytirilgan. Uning rivojlanishiga nazar tashlaylik.
Mehnat ta’limi fanining fan sifatida umumta’lim maktablariga olib kirilishi XX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Shu davr mobaynida mehnat ta’limi fani ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’liqlikda o’tila boshlandi. Mehnat faning umumta’lim maktablariga olib kirilishi va mustaqil fan sifatida o’tish yoki boshqa fanlar bilan kompleks tarzda o’tish bo’yicha o’qituvchilar va metodistlarning bir nechta guruhlarga bo’linishiga sabab bo’ladi. O‘qituvchilarning bir guruhi maktabda о‘qitiladigan fanlarni hayot bilan bog‘lash, o’quvchilarga zaruriy ko’nikmalarni berish, ularda kasb bilan bog’liq bo’lgan malakalarni shakllantirish uchun makatablarga mehnat ta’limi fanini alohida mustaqil fan sifatida o’tilishi kerakligini aytib o’tishadi. Boshqa bir guruhdagi pedagoglar esa birinchi guruhdagi o’qituvchilarning fikrlarini rad qilib, maktabda o’tiladigan boshqa fanlar orqali ham mehnatga o’rgatish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Uzoq tortishuvlardan so’ng 1920-yildan boshlab mehnat ta’limi maktab о‘quv rejasida fan sifatida emas, balki kompleks tizim, keyinchalik loyiha tizimi asosida о‘qitila boshlandi. 1932-yilda boshlang‘ich va о‘rta maktablarning о‘quv dasturlari va rejimi tо‘g‘risidagi qarorida maktablarda fan asoslarini predmetli о‘qitish ishlab chiqiladi.

  1. О‘quv rejasiga boshqa о‘quv fanlari bilan bir qatorda mehnat ta’limi ham mustaqil fan sifatida kiritildi. Shundan so’ng maktablarda mehnat fani o’qituvchisining yetishmasligi, aynan mana shu fandan mutaxassislarning yo’qligi, hamda o’quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlanmaganligi uchun 1937- yilda maktablarda mustaqil о‘quv fani sifatidagi mehnat ta’limi fani o’qitishdan to’xtatildi. 1952- yilda mehnat ta’limiga jamoatchilik e’tibori qaratildi va maktabda politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasini rivojlantirish zarurligi kо‘rsatildi.1 1954-yilda mehnat ta’limini о‘rta maktab о‘quv rejasiga о‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. Mana shu yillardan boshlab, mehnat ta’limi faniga o’qituvchilarni kasbiy tayyorlash bo’yicha nizom ishlab chiqildi va unga ko’ra har yili 200 yaqin kasblarga tayyorlandi.

  2. Bizga ma’lumki, sobiq ittifoq shu yillarda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Shuning uchun 1984-yilda mehnat ta’limiga ajratilgan umumiy soat ikki barobarga oshdi, ya’ni mehnat darslari haftada ikki marotaba o’tilib, о‘quvchilar umumiy mehnatga va shu bilan birgalikda ishlab chiqarish sanoatini o’rganish boshlandi. Bunda 8-9-sinflarda profilli о‘qitish boshlandi va “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yо‘llash” fani kiritildi.

  3. О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng, 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun” asosida mehnat ta’limi fan dasturi mazmuni ham barcha umumta’lim fanlari kabi milliylashtirildi, fan dasturi ishlab chiqildi, o’quv dastur mazmuniga о‘zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, о‘zbek milliy taomlarini tayyorlash texnologiyasi, milliy kiyimlar va buyumlar tayyorlash texnologiyasi mavzulari kiritildi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli Qarori bilan tasdiqlangan mehnat ta’limi fanining davlat ta’limi standartiga asosan 5 ta yо‘nalishlar bо‘yicha milliy dasturga asoslangan ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi.

  4. 2010-yilda davlat ta’lim standarti hamda о‘quv dasturlari mehnat ta’limi yо‘nalishlari birlashtirilib, 5 ta yо‘nalish 3 taga keltirildi, ya‘ni: “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi” va “Pazandachilik asoslari” yо‘nalishlari mazmunan umumlashtirilib, “Servis xizmati” yо‘nalishi; “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi” va “Metalga ishlov berish texnologiyasi” yо‘nalishlari umumlashtirilib, “Texnologiya va dizayn” yо‘nalishi mazmuni ishlab chiqildi. “Qishloq xо‘jaligi asoslari” yо‘nalishi zamonaviy talablar darajasida modernizatsiya qilinib, uning mazmuni hamda ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yо‘llashga oid bilimlar bilan tо‘ldirildi.

Ta’lim tizimi rivojlanga davlatlar о‘rganib chiqilganda texnologiya ta’limi maktab fanlari ichida ajralib turishi, unga katta e’tibor berilganligini guvohi bo’lindi. Ushbu fanda o’quvchilarga maktab yoshidanoq mustaqil fikrlashga hamda darslarga ijodiy yondashib, kelgusida hayoti uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirayotganini ko’rish mumkin. Shu kungacha O’zbekistonda mehnat ta’limi darslarida о‘quvchilarga oddiy mehnat usullaridan narsalar yasash jarayoni o’rgatilib kelinayotganligi va oddiy qо‘l asboblaridan foydalanib mahsulot tayyorlanishi, o’quvchilarni faqatgina qo’l mehnatiga o’rgatib kelinayotganligi sababli fanning nomi ham “Mehnat ta’limi” deb atalgan. Har qanday mahsulot tayyorlash zamonaviy jihozlardan foydalanish bilan birga ma‘lum bir ketma-ketlikdagi texnologik jarayonlardan о‘tadi, shuning uchun mehnat ta‘limi fanini hozirgi zamon talabiga yetkazish, nufuzini kо‘tarish maqsadiga, avvalo, fanning nomini о‘zgartirish, qolaversa, mazmunini tubdan qayta kо‘rib chiqish va о‘zgartirish orqali erishiladi. Umumta’lim tizimida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijtimoiy soha rivojiga doir tegishli yo‘nalishida ta’lim bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Fanning rivojlanish istiqbollari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hamda 2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari o‘qitish tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga imkon yaratadi. Aynan shu qarorlariga asoslanib shu yili ”Mehnat ta’limi” fani o’quvchilarning to’g’ri kas-hunar tanlashga yo’naltirish maqsadida ”Texnologiya” nomi bilan alamashtirildi va maktablarda o’qitila boshlandi. “Mehnat ta’limi” fanining “Texnologiya” fani deb o‘zgartirilishi ushbu fan sohasini yanada boyitish, uni texnologiyalashtirish, ya‘ni fanga innovatsion texnologiyalarni olib kirish, innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirish, unumdorlikni oshirish, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni zamon bilan hamnafas qilishga erishishga imkon yaratdi. Shundan so’ng texnologiya fanini rivojlantirish to’xtab qolmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4- bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash” vazifasi belgilangan.
Quyidagilar texnologiya fanini rivojlantirishning asosiy strategik me’zonlari hisoblanadi, texnologiya fanini mehnat bozori talablari asosida isloh qilish, hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish, o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan ishlar bo’yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llaay olish, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish, mehnat bozorida zarur bo‘ladigan kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarda texnologik savodxonlik, tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlash, mustaqil qaror qabul qila olish, o‘z intellektual qobiliyatlarini namoyon eta olish va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.
Texnologiya fanini rivojlantirish quyidagi vazifalarga asosan amalga oshiriladi: birinchidan, umumiy o‘rta ta’limning barcha bosqichlarida izchilllik asosida texnologiya fanini o‘qitishning yangicha tizimini yaratish;
Ikkinchidan, texnologiya fanining ilmiy va metodik ta’minotini yanada boyitish asosida texnologiya fanining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish va mustahkamlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida takliflarni ko’rib chiqish;
Uchinchidan, texnologiya ta’limi jarayoniga raqamli axborotlashgan texnologiyalarni olib kirish va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion salohiyatini shakllantirish;
To’rtinchidan, texnologiya fani maqomini uning fundamental bilimlarining inson yaratuvchilik faoliyati bilan bog‘liqligini hamda atrof-muhit va umumiy ta’lim mazmuni o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ta’minlashdagi asosiy roliga munosib ravishda o‘zlashtirishga erishish;
Beshinchidan, umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan o‘zaro bog’lash i va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish;
Oltinchidan, umumta’lim maktablarida fan sohasida o‘rgatiladigan va davlatimiz iqtisodiyoti uchun istiqbolli deb tanlangan kasb- hunarlar hamda mutaxassislarni tayyorlashning tayanch bosqichi sifatida xizmat qilishiga erishish, malakali kadrlarni tayyorlash, mavjud kadrlar ta’minotini modernizatsiya qilish va inson omilidan samarali foydalanish;
Yettinchidan, malaka talablarini, shuningdek yangilangan davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashtirishning yangicha usullarini tadbiq etish hamda fanning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlarini, malaka talablari va mavzular doirasida shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish, texnologiya fani bo’yicha olimpiada, to’garaklar, turli ko’rik- tanlovlar tashkil etish nizomini ishlab chiqish va uni amalda qo’llash, iqtidorli va salohiyatga ega bo’lgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish tizimini qo’llash, shu jumladan, dizayn, muhandislik, robototexnika, elektronika, bolalar uchun ixtiro masalalarini yechish kabi tanlov va ko‘rgazmalarini tashkillash, intellektual salohiyatning jahon mehnat bozoridagi o‘rni haqidagi madaniyatni, o‘quvchilarda loyihalash va tadqiqot ishlari madaniyatini shakllantirish; ta’limning ilg‘or amaliyotini ommaga e’lon qilish, uni qo’llash va texnologiya fanini o‘qitishning shakllari xilma-xilligini ta’minlash, amaliy jihatdan texnologiya sohasidagi bilim – texnologiyalar transferi bilan bog‘liq, keng ma’noda kelajak avlodni yuz berishi mumkin bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar bilan ishlashga tayyorlash. Yuqorida sanab o’rilgan bosqichlar texnologiya fanining ta’lim sohasida rivojlanishini ta’minlaydi, raqobatdosh kadrlar yetkazib berish, mamlakat infiratuzilmasini yanada oshirishga xizmat qiladi.



Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling