O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Robomaslahatchi – avtomatlashtirilgan tarzda investitsion yechimlar topib
beruvchi avtomatlashtirlgan dasturiy tizimlar bo’lib, ular passiv operatsiyalar asosidagi matematik algoritmlardan va vositalarning diversifikatsiyasi strategiyasidan foydalanib, mijoz uchun optimal (yoki kvazioptimal) invewstitsion yechimlar topib berishga yordam beradi. Robomaslahatchilar minimal ravishda quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishlari kerak: Mijoz uchun kerakli bo’lgan barcha dasturlarni ta’minlab berish; Savdo portfelining balansini avtomatik ravishda tiklay olish; Operatsiyalar bilan passiv boshqarishni amalga oshirish; Mijozning texnikaviy ta’minotga bo’lgan talabini minimallashtirish; Mijoz bilan interaktiv tarzda ishlay olish; Bulutli texnologiyalar bilan ishlash; Sun’iy intellekt elementlarini qo’llay olish. 384 Yirik kompaniyalar FinTex ning tayyor va sinalgan mahsulotlarini chetdan sotib olishga qiziqadilar, kichik kompaniyalarning esa bunday texnologiyalarni ishlatishlari uchun tayyor infratuzilmalar mavjud emas. Dunyoning bir qancha rivojlangan mamlakatlaridagi moliyaviy texnologiyalarga bo’lgan investitsiyalarning miqdori quidagi jadvalda keltirilgan: Bu sohadagi startaplar kerakli darajadagi rivojlanishga erishish uchun bir necha million dollarlik investitsiyalar talab qilganligi uchun ham davlat tashkilotlari, banklar yoki yirik moliyaviy kompaniyalarga raqobatchi bo’la olmaydilar. Demak, shu miqdorlardagi investitsiyalarsiz moliyaviy texnologiyalar bo’yicha qandaydir diqqatga sazovor bo’lgan ishlar qilish mumkin bo’lmaydi. Undan tashqari, O’zbekistondagi o’rta va kichik biznes ham murakkab FinTex yechimlardan foydalanishga hali-hanuz tayyor emas. Bunday kompaniyalar uchun banklarning tadbirkorlarga taklif etayotgan yechimlari ham juda mos keladi. Masalan, onlayn buxgalteriya, hisob ishlarini avtomatlashtirish, moliyaviy modellar tuzish va biznes rejalar yozib berish singari takliflar ularga asqotishi mumkin. Yuqorida tavsif etilgan shart-sharoitlarda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish va ularni rivojlantirishga eng qiziqadigan tashkilotlar bаnklar bo’lib chiqadi. Kredit tashkilotlari bilan bog’liq bo’lmagan mustaqil yechimlar juda ham kam uchraydi. Bank sektorining konsolidatsiyasi sharoitida FinTex mahsulotlar orasidagi raqobat oz’-o’zidan kamayadi va bu holat startaplarga qarshi bir jiddiy factor bo’lib chiqadi. Raqobat bo’lmasa, turli xildagi kompaniyalarning yechimlari ko’pchilikda qiziqish uyg’otmaydi, ommaviylashmaydi, ularning rivojlanishi uchun kerakli bo’lgan investitsiyalar kelmaydi va g’ya qanchali yaxshi bo’lmasin, 385 u unutilishga mahkum bo’ladi. Bloomchain ning boshqa ishtirokchilari ham banklar ichida byurokratiyaning juda yuqori darajada ekanligini va bu xolat tashqi innovatsion kompaniyalar bilan ishlashni ancha murakkablashtirishini bildirdilar. FinTex startap yillar davomida katta banklar bialn muzokaralar olib borib, yangi moliyaviy loyihaga rozilik olishi mumkin, ammo shartnomaga imzo qo’yish paytida bankning yuristi loyihaga qarshi chiqishi mumkin. Bu esa barcha ishning amalga oshmasdanoq, barbod bo’laganini anglatadi. Lekin mamlakatimizdagi banklarning ish sharoitlari ancha o’zgarib, liberallashib, innovatsiya va investitsiyalarga keng yo’l ochilayotgani tufayli, yaqin yillar ichida xolat tubdan o’zgarishiga umid qilish mumkin. Moliyaviy texnologiyalarni respublikamizda keng miqyosda rivojlantirsh uchun to’siq bo’lib turgan faktorlardan biri – bu saha bo’yicha yuqori malakali professor-o’qituvchilar va kadrlarning yetishmasligidir. Yaxshi mutaxassislar ko’pchilik xollarda turli-tuman vajlarni ko’satgan holda chet ellarga ketishga harakat qiladilar. Qolgan malakali mutaxassislarni esa O’zbekistonda ishlayotgan chet el kompaniyalari va tashkilotlari ko’proq maosh va yaxshi ish sharoitlari taklif qilgan holda ishga oladilar. Kichik kompaniyalar va davlat toshkilotlari esa ular bilan bu yo’nalishda raqobat qila olmaydilar. Hozirgi kunlarda yaxshi mutaxassislar uchun ish haqqi ancha katta bo’lgani uchun, startaplar loyihani amalga oshirish uchun endi ishni boshlagan yosh kadrlarni yoik frilanserlarni ishga jab etishlari mumkin. Ammo ularning ishlarini nazorat qilish va xatolarini to’g’rilash uchun juda bo’lmaganda bitta tajribali mutahassisni jab qilish kerak bo’ladi. Bunda boshqa muammoga ham duch kelish mumkin – yaxshi dasturchini tayyorlab bo’lganingizdan so’ng, uni boshqa bir kompaniya ilib ketishi ham mumkin. Bizningcha mutaxassislari kompaniyada ushlab turish uchun ularga motivatsion paketlar taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, ular uchun aktsiyalar, optsionlar yoki loyihadagi ma’lum bir qism mulk sifatida berilishi mumkin. Ba’zi bir ekspertlar fintex-startaplarning muammolari ichida tarmoqni Markaziy Bank qattiq nazorat qilishi tufayli kelib chiadi deydilar ham. Hozirgi davrda huddi shu tashkilot bizda bozorning o’rnini egallagan va shu sababli ham 386 bizda fintex industriyaning erkin rivojlanishi uchun imkoniyat ancha past darajada. Yana bir muammo – banklarning ham yangi texnologiyalar yaratishdan cho’chishi, ya’ni, ular “Markaziy bank bunga nima der ekan?”, - deb hadirsiraydilar. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling