O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

CurrencyCloud texnologiyasining funktsionallik xossasidan foydalangan xolda 
halqaro to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidan juda ham mamnunlar. Pingit 
(Barclays bankining mahsuloti) to’lov servisi yaratishning tarixi ham API ni 
ishlatishning samradorligini isbotlab berdi. Moliyaviy sektorda innovatsiyalarning 
keng tarqalayotganiga qaramasdan, ko’pchilik banklar extiyotkorlik bilan bu ishga 
unchalik qiziqish bildirmayaptilar, chunki, ularda havfsizlik masalalari birinchi 
o’rinda turadi – informatsion ochiqlik esa ularga katta havf tug’dirishi mumkin. 
Bunday yondoshuv tashqi hurujlarga nisbatan juda yaxshi himoya, ammo 
banklarning rivojlanishini ancha chegaralab qo’yishi mumkin. Misol sifatida 
Apple va Google ni keltirishimiz mumkin – ular tashki foydalanuvchilar uchun o’z 
API-interfeyslarini ochib berish xolatlari kuzatilgan. 
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bank xizmatlari va biznes-
modellari internet tizimi paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan edi. U davrlardagi 


379 
to’lov infratuzilmasi filiallar orqali tarqatiladigan bank mahsulotlari kompleksidan 
iborat edi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday xolat zamonaviy raqamli texnologiyalar 
asrida insonlar va tashkilotlarning dinamik so’rovlarini to’liq qondira olmaydi. 
Shuning uchun ham bir qator mutahassislar tashqi muhitning o’zgarishiga mos 
bo’lgan bank va to’lov tizimlari bo’yicha universal takliflar bilan chiqdilar. Bunga 
yorqin misol bo’lib, innovatsion g’oyaning jamiyatga qanday foyda keltirishi 
mumkinligini ko’rsatgan va al’ternativ moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi uchun 
poydevor rolini o’ynagan PayPal to’lov tizimini keltirish mumkin. Halqaro 
to’lovlar, kreditlash va bank depozitlari sohasidagi bunday kompaniyalar sifatida 
Kickstarter va Seedr (kraudfunding bo’yicha mashxur kompaniyalar), Amigo 
(individual zayomlar yetkasizb beruvchi kompaniya) va Transferwis
(butun 
jahon bo’yicha tejamli pul o’tkazmalari tizimi) larni keltirishimiz mumkin. Bir-
birlaridan katta farq qilishlariga qaramay, banklar va fintex kompaniyalar 
xamkorlik natijasida bir-birlarini boyitishlari ham mumkin, chunki fintex va 
banklar bir mexanizmning turli xil detallaridir. Ularning ba‘zilari moliyaviy 
uskunalar ishlab chiqsalar, boshqalari ushbu moliyaviy uskunalarni unikal 
yechimlar topish uchun ishlata oladilar. API larning imkoniyatlari banklarga 
halqaro darajada hizmat ko’rsatish turlari va usullarini kengaytirishga, yangi 
modellarni ishlab chiqarish narxini kamaytirishga va investitsiya qilmasdan hamda 
yangi arxitekturani yaratish uchun pul sarflamasdan turib, sof foyda olishga imkon 
beradi.
Fintexning yaratilishi moliyaviy ma’lumotlarga ochiqlik hossasini berish 
inovatsion g’oyasini amalga oshirishga imkon berdi. Britaniy hukumati huddi shu 
g’oyani tadbiq qilgan holda mamlakatni jahon moliyaviy texnologiyalari 
markaziga aylantirmoqchi. Shuning uchun ham ular bank tashkilotlari uchun 
yagona va ochiq API-standartni ishlab chiqish rejasini tuzganlar va hozirgi davrda 
bunday standart vositasidagi ochiq bankingning foydalanuvchilar uchun foydalilik 
darajasini aniqlashga hamda uni optimallashtirishga harakat qilmoqdalar. Britaniya 
davlati bank va to’lov tizimlari sohasidagi yangi startaplarning kuch-g’ayrati XI 
asrda moliyaviy tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo’shishiga ishonadi.


380 
Har qanday fintex kompaniya tashkil qilayotganda o’sha joydagi qonunlar 
bilan yaxshi tanishib chiqish talab qilinadi, chunki tarmoq bo’yicha mavjud 
normativ-huquqiy bazani bilmasdan turib, biror bir ishga qo’l urish juda havflidir. 
Masalan, agar misol sifatida AQSH ning Kaliforniya shtatining San-Frantsisko 
shaxrida joylashgan Lending Club kompaniyasini olsak, uning faoliyatini 
boshqarish piramidani eslatadi: uning eng pastida investorlar va kreditorlar bozori 
turadi, undan yuqorida bir qancha nazorat qiluvchi organlar uning faoliyatini
tekshirib turadilar (mahalliy boshqaruv organlar, federal boshqaruv organlari, 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling