O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

partnership marketing) kontseptsiyaning tashkil etuvchilarini 7P gacha 
ko’paytiradi va bunda ko’shimcha tashkil etuvchilar sifatida ishtirokchilar 
(personal va mijozlar) – participants, fizik atributlar - physical evidence hamda 
jarayonlar – process larni ko’rsatish mumkin. Elektron marketing uchun fizik 
atributlar yetkazib berishni, infratuzilmani, mahsulotni o’rab-chirmashni o’z ichiga 
olsa, jarayon sifatida elektron xizmat ko’rsatish to’liq tsiklining barcha biznes-
jarayonlari kiradi. Marketingni tashkilotni boshqarishning bir qismi sifatida ko’rish 
mumkin. Odatda hal qilinayotgan maqsadi, vazifalari va bajarayotgan funktsiyalari 
nuqtai-nazaridan marketing bo’limi har qanday turdagi tashkilotda quyidagi 
tashkiliy tuzilmalardan iboratdir: 

Analitika va izlanish –marketing izlanishlarini amalga oshirish, ma’lumot 
yig’ish, tahlil qilish va bozor analitikasi natijalarini interpretatsiya qilish. 

Mahsulot yoki xizmat bahosini hosil qilish – bozorga yo’naltirilgan ravishda 
baholash strategiyasini ishlab chiqish va baho hosil qilish modellarini 
yaratish. 

Sotuv jarayonini boshqarish

Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish – reklama va PR. 

Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish hamda franchayzing. 
Elektron biznesni amalga oshirish uchun kompaniya egallagan bozor 
segmentining xususiyatlarini yaxshi bilish juda muhim deb hisoblanadi. 
Iste’molchilarni asosiy kor’satgichlari va iste’mol afzalliklari bo’yicha 
guruhlashtirish, maqsadli auditoriyani aniqlash hamda unga yo’naltirilish 
(targetlashtirish) muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin. Demak, targetlashtirish – 
bunga muhtoj bo’lgan iste’molchlarga aniq va maqsadli ta’sir qilishni anglatadi. 
Bozorlar segmentlarini quyidagicha ko’rinishda tavsiflash mumkin: 
Jug’rofiy segmantatsiya–maqsadli auditoriyani geografik printsip bo’yicha, 
istiqonat qilish joylari bo‘yicha guruxlantiriladi. Geolokatsiyaga asoslangan 
zamonaviy mobil ilovalar xuddi shi jug’rofiy segmentataiyadan foydalanadilar. 
Masalan, mehmonxonalarni bron qiladigan yangi servislar iste’molchilarning 
qaerda turganlarini hisobga olgan holda ularga hizmatlar ko’rsatadilar. Masalan, 
potentsial 
iste‘molchilarga 
mehmonxanalar, 
restoranlar, 
parkovkalar 
joylashganligini ko’rsatadigan xaritalar taklif qiladilar. Ushbu jug’rofiy 


456 
segmentatsiya internet-segmentatsiyaning eng tez rivojlanayotgan va ommabop 
turidir.
Demografik segmentatsiya – bunda iste’molchilar yoshi, jinsi va ma’lumot 
darajasi bo’yicha bo’lib chiqiladilar. Bunda marketologlar turli xildagi usullar 
yordamida potentsial va real mijozlarning qiziqisharini o’rganadilar.
Psixografik segmantatsiya – iste’molchilari shxslar turi bo’yicha va iste’mol 
modellari bo;yicha guruxlantiriladi. 
Bozorlarni segmentlashtirishning ahamiyati shundaki, bu orqali marketologlar 
kerakli guruhdagi iste’molchilarga nisbatan ularga mos bolgan reklama tadbirlarini 
amalga oshiradilar.
Internetda ma’lumot tarqatishning quyidagi kanallarini farqlash mumkin: 
To’g’ridan-tog’ri kanal (direct channel) – bunda ma’lumotlar ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga bevosita jo‘natiladi; 
Bilvosita kanal – ishlab-chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi munosabat amalga 
oshirilganda orada vositachining mavjudligi; 
Aralash kanal – bir qancha ishlab chiqaruvchilar va ularning vositachilarining 
birgalikdagi say’i-harakatlari asosida ma’lumot tarqatilishi. 
Kompaniyalar internetda ko’p kanalli usuldan foydalanadilar va bunda 
vositachilar ham ishtirok etadilar. Bunda an’anaviy ma’lumot tarqatish usullari 
ham, elaktron kanallar ham birgalikda ishlatiladi. Offlayn kompaniyalar ham sotuv 
hajmini oshirish uchun onlayn kanallardan foydalanadilar. Keyingi yillarda 
vositachi-kompaniyalarning agregator deb atalgan yangi turlari paydo bo’lgan va 
ular iste’molchilarga tez va arzon hizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqaruvchi 
hamda hizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarni birlashtiradilar. Zamonaviy biznesda 
agregatorlar muhim rol o’ynaydilar va ular ishlab chiqaruvchilar hamda 
iste’molchilar orasidagi aloqalarni yaxshilaydilar, narxlarni pasaytiradilar va 
bozordagi raqobatni mukammallashtiradilar. Misol sifatida on-line travel transport 
bozoridagi quyidagi agregatorlarni keltirishimiz mumkin: Uber, Yandex.Taxi, 
GettTaxi, booking.com, TripAdvisor, parter.ru va boshqalar.
Internetdagi eng ommabop reklama turiga kontekst axtaruv reklamasini 
kiritish mumkin. Statista.com ma’lumotlariga ko’ra, internet reklamaga AQSH 
kompaniyalari byudjetida eng katta mablag‘ qidiruv reklamalariga ajratiladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling