O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

12.5. Transportdagi elektron tijorat 
Raqamli iqtisodiyot boshqa barcha sohalar singari, transport sohasiga ham 
katta ta’sir qilaypti. Bu sohaning boshqaruv, logistik va infratuzilmaviy 
kompaniyalarining biznes-modellari ham ancha o’zgarib ketdi. Natijada, masalan, 
„aqlli“ infrtuzilmali elektron vokzallarning yangi kontseptsiyalari paydo bo’ladi, 
katta ma’lumotlarni tahlil qilgan holdagi shaxsga yo’naltirilgan yondoshuv tadbiq 
qilinadi, mobil ilovalar transport ishida keng miqyosda ishlatilina boshlaydi. 
Virtualizatsiya jaraoni esa har bir kompaniyaga bulutdan havfsiz, arzon va mobil 
joylar sotib olishga imkon yaratadi. Taksi xizmatlari bozorida agregator deb 
nomlangan xizmat turi paydo bo’ldi va bu xizmat yo’lovchilar va yuk tashuvchilar 
uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Misol sifatida YandexTaxi, CityTaxi, 
GettTaxi va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Taksi chqirishnuchun endi 
ko’chaga chiqish, operatorga qo’g’iroq qilish zarur emas, birgina mobil ilovadan 
foydalangan xolda smartfondan foydalanib, daqiqalar ichida taksi chaqirish 
mumkin. Yuqoridagi servislar nafaqat taksi chaqirish, balki mashinani kelishini, 
xolatini, harakatini nazorat qilishi hamda qancha mablag‘ ketishini bilib turishi 
taminlab beradi. Agarda bu sohadagi eng ilg’or tajribaga ega bo’lgan Yaponiya 
yuzlansak, unda dunyo bo’yicha eng katta transport kompaniyasi JR East Group 
faoliyat ko’rsatadi. Bu kompaniya kuniga 17 million yo’lovchini tashiydi va 
sutkasiga 13 mingta poezdning harakatini ta’minlab beradi. Elektron 
texnologiyalar ushbu kompaniyaga „temir yo’l vokzali-shahar“ loyihasini amalga 
oshirishga imkon berdi. Bunda Tokioning markaziy vokzali mehmonxonalar, 
biznes-ofislar, tijorat tashkilotlari hamda boshqa ob’ektlar bilan hamkorlikda 
ishlashga erishadi. Yo’lovchi tashishdan tashqari, JR East Group kompaniyasi 
quyidagi faoliyat turlari bilan ham shug’ullanadi: 

Mehmonxonalar va ofislarning tijoriy ko’chmas mulkini boshqarish; 

Jamoa ovqatlanishi tarmoqlari va savdo faoliyati

Harakatchan sostav ishlab chiqarish; 

Avtobus hizmatlari; 

Monorels transporti; 


452 

Avtomobillarni ijaraga berish; 

Elektron to’lovlar tizimi IT-Suica; 

Reklama biznesi; 

Fitnes-markazlar xizmati; 

Turistik servis va boshqalar. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling