O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Data Insight agentligining bashoratlariga ko’ra, on layn turizmning Rossiyadagi 
hajmi 2020 yilga kelib $13-14 milliard dollar miqdorida bo’lishi kutilmoqda ekan 
(http://top.rbc.ru/technology_and_media). Ozon kompaniyasi ham Ozon.travel 
deb nomlangan va turizmga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil qilgan. 
Niderlandiyada tashkil etilgan Booking.com agregator kompaniyasining qulay 
servisi turistlarga mehmonxonalarni bron qilishni, sayoxatlar zakaz qilishni, 
avtomashinalarni ijaraga olishni va boshqa bir qancha hizmatlarni taklif qiladi. 
Mehmonxonalarni osha kuniyoq zakaz qilishga imkon beradigan servislarga 
OneTwoTrip, Anywayanyday, Ostrovok larni misol qilishimiz mumkin. Booking 


450 
Now servisi esa turistlarga mehmonxonalarni bir soat ichida, kelishdan bir soat 
oldin zakaz qilish imkoniyatini yaratadi.
Onlayn turizm bozorining rivojlanishi drayverlari sifatida quydagilarni 
keltirishimiz mumkin: 

Internetning turli sohalarga kirib kelishi va rivojlanishi; 

Elektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi; 

Onlayn tiristik hizmatlarga bo’lgan ishonchning ortishi; 

Turustik xizmatlar iste’molchilarining hulq-atvorlari o’zgarishi, masalan, 
ular endi bilatlarni o’zlari to‘layaptilar va mehmonxonalardagi joylarni 
mustaqilravishda tanlayaptilar; 

Yagona oyna“ ko’rinishidagi agregatorlarning paydo bo’lishi; 

Turistik servislar va turistik agentliklarning usability darajasining oshishi. 
On-line travel bozorida qo’shimcha iste’mol qiymati quyidagilar vositasida 
ta’minlanadi: 
 Shaxsga yo’naltirilgan hizmat ko’rsatish; 
 Ma’lumotlarni yig’ish va tartibga solishning bir joyda va bir servisda amalga 
oshirilishi (informatsiyaning konsolidatsiyasi); 
 Ofisga kelish va qo’ng’iroq qilishlarga ketadigan vaqtning tejalishi; 
 Ma’lumotlar va hizmatlardan yil davomida va sutka mobaynida foydalanish 
imkoniyati (365/7/24); 
 Biletlarni istalgan qurilmada elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati; 
 Biletni yo’qotib qo’yish va uyda yoddan chiqarish kabi xolatlar yo’qligi. 
On-line travel bozoridagi kelajak trendi shundan iboratki, oflaynda ishlaydigan 
ko’pchilik kompaniyalar internetda o’zlarining elektron savdo maydonlarini tashkil 
qila boshlaydilar va turistlarga o‘z komp’yuterlari yoki mobil qurilmalari 
yordamida marshrutni tanlash, biletni sotib olish, mexmonxonani bron qilish va 
sayohat uchun kerakli bo’lgan xujjatlar paketini olish kabi ishlarni bajarish 
imkoniyatini yaratadilar. 


451 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling