O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Individual qatnashchilar hissasining ahamiyati sezilarli ekanligi


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

5. Individual qatnashchilar hissasining ahamiyati sezilarli ekanligi. 
Oxirgi paytlargacha deyarli barcha iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro aloqalari 


48 
biznes-tsentrik paradigmasiga joylashadi, ya’ni, B2B, B2C, B2G. Texnologiyalar 
rivojlanishi yakka holdagi tashabbuskorlarga biznes-jarayonlarda muhim rol 
o‘ynashga imkon beradi. Shunday qilib, iqtisodiyotda o‘zaro aloqalarning mutlaqo 
yangi turlari paydo bo‘lmoqda: C2B va C2S. Yangi turdagi o‘zaro aloqalarga 
misol bo‘lib, autsorsing asosida shartnoma majburiyatlarini bajaradigan 
Frilanserlar hizmat qilishi mumkin. Ikkinchi turdagi o‘zaro aloqalarga Crowd 
Funding kabi startaplar (Amerikada kickstarter.com, Rossiyada planeta.ru
hizmat qiladi. Bunday yangi turdagi o‘zaro biznes aloqalarning paydo 
bo‘lishiiqtisodiyotdagi muhim bir hodisa hisoblanadi va o‘ziga jiddiy e’tibor 
qaratishni talab qiladi, chunki bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu soha 
uchunpuxta ishlab chiqilgan normativ-huquqiy va soliq bazasi mavjud emas, uning 
umumiy iqtisodiyotga qanday qilib integratsiya qilinishi borasida ham biror-bir 
pichoqqa ilinadigan fikr ham yo’q. Frilanserlarni qanday qilib soliq to‘lashga 
motivatsiya qilish mumkin? Ularning aksariyati iqtisodiyotning “kul rang” 
sektorida ishlaydi va o‘z hizmatlari uchun to‘lovni BitCoin da oladi. 
CrowdFunding tashabbuslarga qanday soliqlar va imtiyozlar qo‘llanishi mumkin? 
Ushbu yo‘nalishlar yuqori salohiyatli bo‘lib ko‘rinadi va yaqin kelajakda umumiy 
iqtisodiyotda sezilarli ulushni tashkil qilishi mumkin, shu sababli, bunday 
masalalar hozirgi kundayoq puxta ishlab chiqishga ehtiyoj sezadi. 
Umuman aytganda, postindustrial yoki information jamiyatga xizmatlar sektori 
mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig’ini tashkil qiladigan davlatlar 
kiradi. Ularda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tarmorlarni moliyalashtirish 
miqdori keyingi o’ttiz yilda 130 martadan ko’proq ortdi. Informatsion 
innovatsiyalarni tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi 
global kompaniyalarga misol sifatida quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling