O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish; 
o Raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida hizmat qiladigan raqamli 
platformalar yaratish; 
o Raqobat kurashining tabiatini raqamli iqtisodiyotga moslagan holda 
o’zgartirish; 

Iste’molchilarning tabiatini ham raqamli iqtisod jarayonlariga 
moslashtirish; 
o Ishlab chiqarishning yangi progressiv modellari va mexanizmlarining 
paydo bo’lishi; 

Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo’lishi va rivojlanishi; 


57 
o Yuqorida tilga olingan 4.0 Industriyaning texnologiyalari ta’siri ositida 
an’anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo’lishi. 
Shuni ham aytish kerakki, hozirgi davrda internetdan foydalanuvchilarning 
soni to’rt millarddan oshib ketdi. Mobil telefonlarning soni esa insoniyat 
sonidan ham ko’payib ketdi. Kompaniyalar orasidagi raqobat va ularning 
tabiati ham tubdan o’zgarmoqda. Kompaniyalarning kapitalizatsiyasi esa uning 
internet foydalanuvchilari soniga, unga yozilib qo’yganlar soniga va qiziquvchi 
jamoalar ishtirokchilariga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Freemium-model, 
Free-to-play, 
Print-on-demand, 
Donation 
kabi 
biznes 
modellar 
kompaniyalarga IT-infratuzilmasisiz, omborlarsiz (dropshipping modeli), 
moddiy aktivlarsiz (Sharing Economy) va bulutli texnologiyalardan 
foydalangan holda konkret dasturiy ta’minotsiz ish faoliyatini yuritishga imkon 
berdi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodoyotning 
asosiy tamoillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
Mahsulot yoki hizmatlarning iste’mol qiymatini oshirish
Kastom (Custom)lashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar 
ko’satishga o’tish; 
Omnikanallilikni ta’minlash (mijoz bilan doimiy aloqa qilish va bevosita 
aloqani amalga oshirish maqsadida bir qancha aloqa kanallarining bir 
butun qilingan xoldagi integratsiyalashni anglatadigan marketing 
atamasidir), ya’ni, offlayn va onlayin kommunikatsiya kanallaridan 
foydalangan xolda mizojning barcha harakatlarini kuzatib turish kabi 
innovatsion imkoniyatini amalga oshirish; 
Qiymat hosil qilishning gorizontal zanjirlari sonini kamaytirish; 
Tranzaktsion harajatlarni imkon darajasida kamaytirish; 
Innovatsiyalarning hayotiy tsiklini imkon darajasida kamaytirish; 
An’anaviy kompaniyalarning elektron hizmat ko’rsatishning yangi 
bozorlariga o’tishini ta’minlash; 
Elektron hizmat ko’rsatishning yuqori darajadagi sifatini ta’minlash; 


58 
4.0 Industriyaning iqtisodiyot va ishlab chiqarishning barcha sohalarga 
kirib borishini amalga oshirish; 
Ekotizimlilikni ta’minlash, ya’ni, dasturiy ta’minotning turli xil avtonom 
qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga 
erishish. 
Bunda gap nafaqat biznesni internetda tashkil qiladigan kompaniyalar haqida, 
balki iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish faoliyatini offlayn usulda 
olib boradigan tashkilot va kompaniyalar haqida ham boradi (masalan, qishloq 
xo’jaligi, sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, hizmat ko’rsatish va boshqalar).
Endi rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyotning asosiy 
ko’rsatgichlari va o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi 
hizmatlarning yuzaga kelishi.1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet 
tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga 
asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo 
bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, 
internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi 
turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni 
keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo 
Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 
4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 
yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. 
Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib 
bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va 
boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. 
Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish 
hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. 
Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar 
talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi 
investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi. 


59 
Elektron 
biznes 
sohasidagi 
kompaniyalarning 
kapitalizatsiyasi 
foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi
Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga 
sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling