62
jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan
General Publik License (
GPL,
GNU);
Virtualizatsiya bo’yicha ko’rsatiladigan hizmat turlari asta-sekinlik bilan
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni va komp’yuterchilarni bozordan
siqib chiqara boshladi. Masalan,
SONY korporatsiyasi ham noutbuklarni
korporativ zakazga binoan ishlab chiqarishni boshladi, chunki mijozlar
borgan sari talabchan bo’lib borayaptilar va shu
tufayli sifatli tovar va
hizmatlarni istab qoladiar.
Biznes-modellarning transformatsiyasi. Raqamli iqtisodiyot yangi
biznes-modellarda namoyon bo’ladi
va bu bozorning boshqa
ishtirokchilarda o’ziga hos bo’lgan zanjirli reaktsiya hosil qiladi. Bular
ichida eng ommaboplari – kastomlashtirilgan mahsulot va hizmatlarga
bo’lgan
intilish,
personallashtirilgan
hizmatlar
olish
istagi,
kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga elektron tijorat vositalarini jalb
qilsh hamda
Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-
Crowdsoursing, Donation kabi raqamli
biznes arxitekturalaridan
foydalanishdir. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita
sotuvlarni tashkil qilishi, elektron
vitrinalardan foydalanish, tarmoq va
tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil qilish,
omborlarsiz ishlash
imkoniyati (
drop shopping) va zahiralarni talabga binoan qondirish (
on-
demand).
Oliy ta’lim muassasalari tayyorlab bergan mutaxassislarning bilimini
zamonaviy talablar darajasida oshirishga erishish.
Chunki hozirgi
davrda oliy ta’lim olgan mutaxassislarning bilim darajasi oliy maktabni
tugatgandan so’ng, atigi ikki yildagina 50% ga eskirib qolmoqda.
Hozirgi vaqtda anchagina ommaviy bo’lib ketayotgan uy-ofislarda
ishlash imkoniyati, ya’ni, raqamli iqtisodiyot ko’pchilikni uydan
ketmagan xolda, kompaniya, firma yoki tashkilotlarda to’laqonli ishlash
imkonini yaratadi (
gigeconomy, free lancing kabilar).