O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Revolutionary Partnership PwC tomonidan tashkil etilgan so’rov natijalariga
ko’ra, texnologik ekspertlar va biznes-menejerlarning 58%i “o’qituvchi” deb javob berishgan. Bu yerda eng kam foiz olganlar – doktorlardir: 198 Shunday qilib, “Smartfondagi raqamli elektron o’qituvchilar” paydo bo’lishi ta’limning eng asosiy muammolarini hal qilib berishi mumkin. Dunyodagi ma’lumotsiz kishilarning soni 2015 yil boshiga kelib 780 million bo’lganini hisobga olsak, sun’iy intellekt asosida ta’lim beruvchi raqamli elektron tizimlar xuddi shu savodsizlar sonini kamaytirish uchun yordam berishi mumkin. Xozircha esa virtual o’qituvchilar real o’qituvchilarga qo’shimcha tarzda hayotimizga kirib kelayapti. Bill Geyts fondining izlanishlarida keltirilishicha, AQSHdagi 17 maktabning 50% o’quvchisigina ta’lim jarayonida raqamli elektron yordamchilardan foydalanar ekan (2017 yilda). Buning sababi, ko’pchilik insonlar xozircha ta’lim algoritmlari orqali o’qishga ma’naviy jihatdan tayyor emaslar. Lekin ta’lim sohasidan asta-sekin insonning siqib chiqarilishi va ularning o’rnini sun’iy intellekt egallashi ko’z o’ngimizda amalga oshayapti. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va bizning fikri-ojizimizcha, mamlakatimizdagi ta’lim jarayoniga raqamli innovatsion usullarni tezkorlik bilan va keng miqyosda tadbiq qilishni amalga oshirish uchun zudlik bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: Turli xil ko’rinishdagi ta’lim turlarining xosil bo’lishi ta’lim vazirliklari qoshida malakali professor-o’qituvchilarni (shu jumladan, nafaqaga 199 chiqqanlarni ham) jalb qilgan holda raqamli interaktiv elektron kitoblar, elektron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash zaruriyatiga olib keladi (bu ish hozigiga o’xzhab tekinga emas, balki professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi). Bu esa ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha respublika ishchi kengashini (tashkilotini yoki kompaniyasini) tashkil qilish vazifasiga olib keladi. Uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy hamda sifatli raqamli interaktiv elektron kitoblar, raqamli elektron o’quv qo’llanmalari va masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash (yoki ularni chet tillardan o’zbek tiliga o’girish) vazifasi yuklanadi; Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalarini, kompaniyalarni va yetakchi institut hamda universitetlarni jalb qilish; Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi guruhlar tuzish; Barcha ta’lim muassasalari uchun raqamli interaktiv elektron kitoblar va raqamli o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish hamda bu ishlarni bajarish bo’yicha reyting ko’rsatgichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; Chet ellarda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o’tgan biz uchin muhim bo’lgan raqamli interaktiv elektron kitoblar, qo’llanmalar, ta’lim sohasiga oid komp’yuter o’yinlari, intellektual ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim tizimlari, dasturlar va saytlari o’zbek tiliga o’girib, ularni mahsus respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish; Har yili eng yaxshi raqamli interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, ishga tushirilgan masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash va erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga 200 joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish; Har yili bir marta respublikada yaratilgan raqamli interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari bo’yicha anjuman va seminarlarni respublika va viloyatlar miqyosida tashkil qilish; O’zbekistondagi turli sohalarda o’rta va oliy ta’lim olishni istagan fuqarolarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (distance education) tizimini rivojlangan chet ellarning “distance education – MOOC – massive open online cources” platformalari andozalari asosida tashkil qilish va ularni zudlik bilan ishga tushirish. Bu – birinchidan barcha ta’lim olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim tizimi uchun sarflanayotgan mablag’larni ancha kamaytirishga imkon beradi va uchinchidan, yosh yigit-qizlar uchun davlat tomonidan sarf-harajat talab qilmaydigan juda ko’p miqdordagi yangi ish joylarini yaratadi; Ta’lim muassasalaridagi professor-o’qituvchilarning ish faoliyati monitoringi ba baholovida ularning raqamli interaktiv elektron kitoblar, interaktiv o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlarini ishlab chiqishlari va ulardan foydalanishlarini ham hisobga olish; Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan (yoki tarjima qilingan, moslashtirilgan) raqamli interaktiv elektron kitoblar va o’quv qo’llanmalardan barcha talabalar va o’qituvchilar foydalana olishlari uchun ularni mahsus ta’lim portaliga (shu jumladan, vazirliklar va ta’lim muasasalari saytlariga, kutubxonalarga, resurs markazlariga) joylashtirish maqsadga muvofiq bo’lar edi; Raqamli interaktiv kitoblar, masofaviy ta’lim platformalari va elektron o’quv qo’llanmalar yaratgan kimsalarni yaxshilab moddiy va ma’naviy taqdirlash ham ularning soni va sifati oshishiga ijobiy ta’sir qilgan bo’lar edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling