O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Elektron tijoratda blokcheyn texnologiyalari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
7.3. Elektron tijoratda blokcheyn texnologiyalari
Endi blokcheynlarning mohiyati va amaliy-iqtisodiy ahamiyati haqida ham yana biroz to’xtalib o’tamiz. Ko’pincha “Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reyestr (ruyhat)…” deb tushuntiriladi. Ushbu izohni bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin. Shuning uchun bu atamaning klassik ma’nosini keltirib o’tamiz: Blokcheyn — bu bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq. AQSh dagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 100 dollar yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, bank xodimi shahsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni halqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng, boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni AQShga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu tahlit akangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib, akangiz 97 dollarni oladi (barcha banklarning komissionlari olinganidan so‘ng, albatta). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz, va na sizning akangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligini va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin-ku. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa o’ziga hos bir muammo. Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq shu bilan bir vaqtda u turli tashkilotlarning turli-tuman maqsadlarini amalga oshirish uchun ham faol joriy etilmoqda. Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror- bir ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki bu jarayon butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan 278 tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari saqlanadi — ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni markazlashmagan holda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullarni yoki qandaydir ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo‘qolib ketmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning istalgan ishtirokchisi istalgan daqiqada moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Blokchenda hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab beriladi. Taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3549-sonli “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini Faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan. Hujjatda (kontseptsiyada) quyidagi atama va aniqlanuvlar qo’llanilgan: taqsimlangan reestr (blokcheyn) - axborotni o’zida jamlagan, muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat). Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarda (qurilmalarda) saqlanadi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling