O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
yoki boshqa turdagi valyutaga almashtirish mumkin bo’lmagani qadar mavjud
bo’ladi. Hech qanday mamlakat o’z moliyaviy tizimini qandaydir tushunarsiz valyuta ixtiyoriga berib qo’ymaydi. Chunki bitkoinning rivojlanishi bir qancha savollarni yuzaga keltiradi: Kim bu ishni moliyalasjtirgan? Kim birinchi marta kriptovalyuta almashtirish punktlarini tashkil qilgan? Kriptovalyutalar ko’proq kimning qiziqish va intilishlariga mos keladi? Kriptovalyutalar kimlarning maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qiladi? va xakazolar. Boshqa tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan paydo bo’lgan degan fikrga ishonish biroz qiyin. Balki uni g’arb mahsus hizmatlari tashkil qilib, uni qandaydir usulda nazorat qilish va boshqarish mexanizmini ham ishlab chiqqan bo’lsalar ajab emas”. Lekin CyberFund blokcheyn platformasini ishlab chiqqan dasturchi Valeriy Litvin bu borada boshqacha fikrni bildiradi: “Binkoinni mahsus hizmatlar ishlab chiqqan va uni bekdoor (tizimni izdan chiqarish imkoniyati) bilan ta’minlaganlar degan fikr dunyo miqyosidagi fitna nazariyasi kabi asosga ega emas, chunki blokcheyn loyihalarning bacha kodlari ochiq va ularni istalgan inson (yoki tashkilot) istalgan paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman munozaralariga qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon iqtisodiyotiga ta’sir qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin ortmoqda. Nima uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik qilishda tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real 323 iqtisodiyot, tovar va hizmatlar harakati, kapital harakati, to’lov qobiliyati pariteti kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham kriptovalyutalar ularni boshqarish bo’yicha yangiliklar va shu kabi boshqacha stress faktorlarga juda ham sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda ko’tarilish va pasayishga tayyor bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash tavsiya etiladi. Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli tarzda o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi:Bularning birinchisiga xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi “ruhiy” faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir. Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi yoki kamayishi xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning yangi raqamli valuta turiga mansubligidir. Ko’pchilik uning nimaligini juda yaxshi tushunmaganligi sababli informatsion o’yinlar vositasida kriptovalyutalar kursini ko’tarish yoki tushirib yuborish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega. Internetdagi qandaydir yangilik uning kursini tushirsa, boshqasi kursni ko’tarib yuboradi. Bu boradagi ko’pchilik ma’lumotlarni tekshirishning o’zi ham katta muammodir. Uchichi sabab sifatida kriptovalyuta dastur kodining yangilanishini (hardfork) keltirish mumkin. Kurs ma’lum maksimal darajaga yetgandan so’ng, oldi-sotti vaqtincha to’xtatilishi mumkin, ammo bu umumiy xolatga katta ta’sir ko’rsatadi. Bitkoinning kursi juda ham o’zgaruvchan (volatil)bo’lgani uchun yirik investorlarning savdoga aralashuvi 324 kursni anchagina o’zgarishiga olib keladi. Bu esa bitkoin puffagi xali bir necha bor kattalashishi va kichiklashishi mumkinligini anglatadi. Bitkoin kursi qachon stabillashishini xozircha hech kim bashorat qila olmaydi, shuning uchun bitkoin egalariga sabr qilish tavsiy etiladi. Qaysi kriptovalyutani sotib olish kerak va qaysisini sotish kerak degan savolga javob berish ham juda murakkab masala. Ammo hozirgi sharoitlarni hisobga olgan xolda bitkoindan voz kechish ham unchalik to’g’ri bo’lmas. Negaki xozirgi paytda investorlar unga juda qattiq ishonadilar. Bitkoinga bo’lgan ishonch Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling