O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
navbatda yaratiladigan narsadir. Davlat esa valyuta aylanishini markaziy bank
yordamida nazorat qiladi. Undan tashqari, davlat kim valyutaga egalik qilayapti, 320 u qaerda turibdi va nimalarga sarf qilinishini bilishni istaydi. Xuddi shuning uchun ham Xitoy kriptovalyuta birjalarini yopayapti. Kriptovalyutalar qanchalik ko’p bo’lsa, davlat shunchalik faolroq uni nazorat qilishni xoxlaydi. Xozircha kriptovalyutalar yangilik bo’lgani uchun davlat undan foydalanishga chidab turibdi, ammo undan biror kimsa yoki tashkilot zarar ko’rgani aniqlansa yoki kimdir undan noqonuniy amallar uchun foydalansa, davlat shu zahoti uni yopib qo’yadi”. Masalan, 2015 yilda Rossiya moliya vazirligi “pul surrogati” chiqarganlar va uni sotishga uringanlarni yetti yilgacha qamoq jazosi bilan jazolashni taklif qildi. Pul surrogati termini kriptovalyutalarga ham tegishlidir. Quyida mamlakatlar miqyosida bitkoin tizimi elementlari (tarmoq ishtirokchilari) soni keltirilgan (2017 yil sentyabr xolati) 1. AQSH 2567 (27,58%) 2. Germaniya 1688 (18,13%) 3. Frantsiya 657 (7,06%) 4. Xitoy 558 (5,99%) 5. Niderlandiya 445 (4,78%) 6. Kanada 378 (4,06%) 7. Noma’lum mamlakatlarda 332 (3,57%) 8. Angliya 322 (3,46%) 321 9. Rossiya 305 (3,28%) 10. Singapur 210 (2,26%) Bular bitnodesning 14 sentyabr 2017 yilgi ma’lumotlari edi. Rossiya davlat banki kriptovalyutalarni raqamli mahsulot deb tan olgan xolda uni ham soliqqa tortish kerakligini bildirdi. Ammo kriptovalyutalar oltin zahiralari bilan ta’minlanmaganligi tufayli, ularni ko’plab miqyosda chiqarish valyuta bozoriga parokandalik olib kelishi mumkin. Insonlar pul o’rniga kriptovalyutyalarni ommaviy ishlata boshlashsa, u asta-sekin pulnini o’rnini egallab olishi mumkin. Rossiyadagi va dunyoning bir qancha mamlakatlaridagi huquq-tartibot organlari ko’pchilik kriptovalyuta birjalariga internet orqali kirishni yopib qo’yayaptilar – ularning fikrlaricha, raqamli valyutalarning anonimlilik xususiyati tufayli “kriptovalyutalar narkotik moddalar, qurol-yaroq, qalbaki xujjatlar savdosida va boshqa turdagi noqonuniy jinoyat ishlarida qo’llanilishi mumkin”. Ya’ni, nazorat qilib bo’lmaydigan trahschegaraviy kriptooperatsiyalar terrorizmni moliyalashtirish uchun hizmat qiladi. Ammo, kriptovalyutalar to’liq anonym emasligi g’arb davlatlaridagi politsiya hizmatlari va maxsus hizmatlar amaliyotidan allaqachon ma’lum bo’lgan, chuni ular bitkoin-hamyonlar egalarini mahsus dasturiy ta’minot yordamida bemalol aniqlay oladilar. Masalan, 2017 yil boshida Daniya politsiyasi internet orqali narkotik moddalar zakaz qilgan va unga bitkoinlar yordamida pul to’lagan shaxsni aniqladi. Uning qancha pulga narkotik moddalar zakaz qilganini aniqlagan xolda bu shaxsni sakkiz yilga qamoq jazosiga xukm qilindi (Berlingske nashriyotidan). Bu operatsiyani amalga oshirish uchun Chainanalysis deb nomlangan amerika kompaniyasining shu nomdagi analitik dasturidan foydalanildi. Ushbu dasturni Daniyalik Yan Moller ishlab chiqqanligi aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot organlari tomonidan bitkoin-hamyonning egasi aniqlangan (deanonimizatsiya) birinchi xodisa emas. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bitkoin yaratuvchining kimligi xaligacha ma’lum emas, bu esa bundan eng avval 322 kim foyda olgan va uning (yoki ularning) maqsadlari nima bo’lganini aniqlashga imkon bermaydi. Xuddi shuning uchun ham Chronopay kompaniyasining R&D- bo’limi boshlig’i Dmitriy Artimovich quyidagi fikrni bildiradi: “Bitkoin uni dollar Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling