O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Amazon
  Mechanical Turk onlayn kraudsorsing platformasi 
yordamida yig’ilgan 5,8 mingta real insonlarning dialoglaridan foydalanilgan. 
Dialoglarni tahlil qilgan holda bot nafaqat muloqotlar olib borishni o’rgandi, balki 
kerak bo’lganda yolg’on gapirishni ham epladi. Muhandislarningfikrlaricha, sun’iy 
intellekt nafaqat o’zi qiziqadigan narsalargagina e’tibor qaratdi, balki boshqa 
ma’lumotlarga ham qiziqa boshladi. Haridor bilan muloqotni tugatganidan so’ng, 
bot boshqa muammolarga ham qayta oladi. Ammo muhandislar bot yolg’on 
gapirishni insonlararo suhbat vositasida o’rgandimi yoki bu tasodifiy ravishda o’z-
o’zicha o’rganish natijasida ro’y berdimi, buni aniq bila olmadilar.
Sun’iy intellekt qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida 
2017 yilning noyabrida Financial Times sun’iy intellekt qimmatbaho 
buyumlar va hizmatlar bozorida ham katta o’zgarishlar kilishi mumkinligi haqidagi 
maqolani chop etdi. Amazon, Google, Alibaba va shularga o’xshash texnologik 
gigantlarning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan xolda, soat va 
yuvelir mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar ham mijozlar safini kengaytirish 
uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga harakat qila boshladilar. 
Masalan, messendjerlar asosida tashkil virtual suhbatdoshlar bunday brendlarga 
foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qonunlarni buzmasdan turib yig’ish 
uchun yordam bera oladilar. 2017 yil mart oyida Baselworld soatlar ko’rgazmasida 
yuvelir brendi de Grisogono haridorlarga Crazymals kolektsiyasidan qimmatbaho 
toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashga yordam beradigan chat-botni taklif qildi. 
Bu chat-bot haridorlarga o’zi haqida so’zlab beradi, mojozlardan qiziqish 
doiralarini so’rab ko’radi va shundan so’ng, ularga qiziqishlariga bog’liq ravishda 
yuvelir mahsulotlarni taklif qiladi. Southpigalle kompaniyaning ta’sischilaridan 
biri Oliv’e de Koente so’zlariga ko’ra, hozirgi davrdagi murakkab iqtisodiy sharoit 
va tobora kuchayib borayotgan raqobat mijozlarni yo’qotmaslik uchun “lyuks” 
klassidagi brendlarga innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, virtual 
suhbatdoshlarni tadbiq qilishga undadi. Facebook ning 2016 yildagi izlanishlari 


335 
natijalariga ko’ra, 50% dan ortiq respondentlarga qo’ng’roq qilgandan ko’ra, 
matnli elektron ma’lumotni jo’natgan ma’qul ekan. Financial Times ning 
ma’lumotiga ko’ra, sun’iy intellekt nafaqat mijozlar bilan muloqotni yaxshilaydi
balki, brendlar uchun muhim ma’lumotlar manba’i hamdir. Chunki cookie fayllari 
vositasida yoki ko’rishlar tarixini tahlil qilgandan ko’ra, bu holatda ma’lumot 
mijozlarga 
to’gridan-to’g’ri 
jo’natiladi. 
Foydalanuvchilarning 
ijtimoiy 
tarmoqlardagi statusi va demografik ma’lumotlar asosida olingan ma’lumotlar 
asosida brendlar mijozlarning intilishlarini, xoxishlarini, emotsiyalarini va 
tendentsiyalarni 
chamalab, 
mahsulotni 
boshqarish 
strategiyasiga 
kerakli 
o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Xuddi shu tarzda ma’lumotlarni qayta ishlash 
asosida Montblank kompaniyasi 2017 yilda Summit deb nomlangan “aqlli” soat 
ishlab chiqarid. Bu soatning tashqi ko’rinishi klassik ko’rinishda bo’lgani bilan u 
sun’iy intellekt asosida ishlaydi va Google assistenti bilan jihozlangan hamda 
navigator, tarjimon va so’z orqali boshqariladigan yordamchi funktsiyalarini bajara 
oladi. Jenevada 2017 yilda bo’lib o’tgan ko’rgazmada Jaeger-LeCoultre brendi 
barcha ishtirokchilarni o’z mahsuloti bilan tanishtirdi. Ishtirkchilarga QR-kodli 
braslet berildi va u orqali iPhone ilovasi yordamida soatlarni tanlash taklif etildi. 
Ushbu texnologiya to’dirilgan reallik texnologiyasi yordamida kompaniyaga 
mijozlar haqida ma’lumot yig’ishga imkon berdi.
Biznesning eng perspektiv yo’nalishlari bo’yicha oxirgi hisobotlarida PwC 
analitiklari baho berishlaricha sun’iy intellektning hayotga izchil tadbiq qilinishi 
2030 yilga kelib, jahon YIM ning 14% ga yoki 15,7 trillion dollaga ko’payishiga 
olib kelar ekan. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi kompaniyalarning sun’iy 
intellektga investitsiya qilishlari katta samaraga olib kelishi mumkin. Agarda johon 
miqyosidagi holatni tahlil qilsak, hozirgi kunda sun’iy intellekt ishlab chiqarish va 
qishloq xo’jaligiga robotlar va uchunchisiz uchadigan qurilmalar (dronlar
yordamida keng miqyosda tadbiq qilinayapti. Sun’iy intellekt qisqa muddatlarda 
katta hajmdagi ma’lumotlar yig’ish va ularni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan 
sohalarda monitoringni amalga oshirish va information modellar qurish uchun ham 
keng miqyosda ishlatilina boshlaydi.
Elektron tijorat (e-commerce) va moliya sohalarida ham sun’iy intellekt 
bilan jihozlangan chat-botlar faol ravishda ishlatilmoqda. Ular foydalanuvchilarga 
u yoki bu mahsulot haqida ma’lumot olishga va xilma-hil operatsilarni amalga 
oshirishga yordam beradilar. Masalan, Sberbank Iron Lady deb nomlangan 
virtual kollektor yaratdi, BTB24 esa kichik biznes uchun chat-botlarni ishlatadi, 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling