O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit 
QuickBooks Online, IBM Lotus Live, Unyte, Salesforce.com, Sugar CRM va 
Webex kabi tizimlarni misol sifatida keltirish mumkin. Rivojlanib borayotgan 
mobil ilovalar bozorining asosiy qismi SaaSning samarali yo‘lga qo‘yilganligi 
natijasidir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini eng yuqori rivojlanishi 
hisoblanayotgan bulutli hisoblash tizimlari yaqin kelajakda o‘tmishga aylanadi 
degan fikrlar xam mavjud. Kelajakda bulutli ilovalarga bo’lgan talab, hozirgidek, 
nafaqat bitta yetkazib beruvchining infratuzilish va platformasiga tegishli bo’ladi, 
balki turli xildagi bulutli xizmatlar yetkazib beruvchilarning kompleks 
infratuzilmalari va platformalariga bo’lgan talabning yanada ko’payishi 
kutilmoqda. Ehtimol, bulutli hisoblash tizimlarining rivojlanishi oxir-oqibat, 
xizmat sifatida barcha narsa (Everything as a Service – EaaS) bo’lishi mumkin 
bo’lgan konsepsiyalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkindir.
O‘zbekistonda ham bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanishning 
xolati va uning rivojlanish istiqbollari to’grisida xam bir fikr yuritib kuramiz. 
"O‘zbektelekom" milliy telekommunikatsiya operatori 2016 yilning avgust oyida 
yangi 
"UZCLOUD
ma’lumotlarni uzatish markazini ishga tushirdi. 
Mutaxassislarning fikricha, faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta axborot oqimlariga 
tezkor va samarali ishlov berilishini uzluksiz ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lgan 
mahalliy kompaniyalar uchun birinchi bo‘lgan ushbu ma’lumotlar markazi 
respublikada katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumot markazining axborot 
saqlash hajmining joriy konfiguratsiyasi 1 petabaytli 160 bleyd-serverdan tashkil 
topgan va kelajakda serverlar sonini 10 petabaytgacha kengaytirish mumkin 
bo’ladi. Yaratilgan ma’lumotlar markazining asosiy afzalliklari - turli xatoliklarga 
nisbatan bardoshlilik va mehnat unumdorligining sezilarli ravishja oshishidir. 
Tizim 
O‘zbekistonda 
faoliyat 
ko’rsatadigan 
kompaniyalarlar 
uchun 
loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. 2016 yilning noyabr oyida aynan shu 
yo‘nalishda Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi tomonidan tashkil 


345 
etilgan "Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo‘lib 
o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik 
memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik 
yo’nalishlari belgilab olindi. IaaS bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda 
avvallari xam foydalanilgan, bu esa tashkilotlarni resurs talab qiladigan mijoz va 
tarmoq IT-infratuzilmasini xamda ma’lumotlarga ishlov berish moddiy va dasturiy 
infratuzilmasini tashkil qilish muammolaridan holi etadi. IaaS infratuzilma 
autsorsingidan foydalanib, bulutli xizmatlar iste’molchilari ortiqcha xarajatlardan 
xalos bo‘ladilar. PaaS bulutli texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy 
bazaga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi va xizmat kursatuvchi kompaniyalari 
loyihalarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin. SaaS turiga mansub bulutli 
texnologiyalar O‘zbekistonda endigina joriy qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu 
birinchi navbatda, asosan chekka xududlarda, Internet tarmog‘iga ulanish 
tezligining pastligi bilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda SaaS xizmatlari eng ko‘p 
talab qilinadigan xizmatlardan biriga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli 
yechimlarning qo’llanilish ko’lami jahon bozorida jadal sur’atlarda o‘sib 
bormoqda va butun dunyo bo‘ylab katta o‘sish sur’atlari ko’payishi aynan SaaS 
yo‘nalishida kuzatilmoqda. Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, jahon tajribasi 
shuni ko‘rsatadiki, davlat hukumati muassasalaridagi katta hajmli axborotlar eng 
takomillashgan yondashuvlarni talab qilganligidan aynan davlat sektorida SaaS 
xizmatlari uchun eng barqaror talab shakllanishi mumkin.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda tashkil etilgan ma’lumotlar-markazida (data-
center) o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bir qancha kompaniyalar xaqida qisqacha 
ma’lumotlar keltirilgan:

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling