O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Knox Workspace ning shifrlash kaliti smartfonning apparat vositalaridan alohida 
izolyatsiyalangan holatda TrustZone da saqlanadi. Agarda vositani buzmoqchi 
bo’linsa, Knox Workspace ga bo’lgan kirish bloklantiriladi. Bundan tashqari 
foydalanuvchilarni kuchaytirilgan xolda autentifikatsiya qilish usullari ham 
ishlatiladi. Ushbu konteyner ko’pchilik MDM - yechimlar, shu jumladan
VMware kompaniyasining Airwatch yoki Citrix kompaniyasining XenMobile 
tizimlari bilan mos tushadi. Android ning oddiy ilovalari ham Knox Workspace 
da hech qanday o’zgarishlarsiz ishlashlari mumkin. Samsung kompaniyasi bulutli 
EMM (Enterprise Mobility Management)-yechimni amalga oshirib beradigan 
Knox Premium tizimini ham ishlab chiqdi. Bu tizim havfsiz ishchi konveyeri 
bilan ishlaydi, bir qancha havfsizlik siyosatlarini o’z ichiga oladi, yo’qolgan 
qurilmalar bilan ishlash imkonini yaratadi, ularni masofaviy blokirovka qila oladi 
va qurilmaning qaerdaligi haqida hisobot tayyorlay oladi.
Cloud 

Digital 
Transformation 
anjumani 
ishtirokchilarining 
ta’kidlashlaricha, ko’pchilik kompaniyalar biznes uchun raqamli strategiya 
zarurligini tan olsalar ham, har bir to’rtinchi rahbar raqamli texnologiyalarga katta 
ahamiyat berish zarurligiga unchalik ishonmaydilar. Ammo tezkorlik bilan 
rivojlanayotga va o’zgarayotgan dunyo bunday skeptiklarning sonini kun sayin 
kamaytirmoqda. Chunki aks holda raqobatli dunyoda yashab qolish ham qiyin 
bolib qoladi. Bu masalalar bo’yicha batafsilroq ma’lumotlarni quyidagi saytdan 
olishingiz mumkin: IKSMEDIA.RU: http://www.iksmedia.ru/articles/5401323-
Digital-Transformation-ili-smert.html#ixzz5jQvTXq00 
9.3. Buyumlar interneti (Internet of Things - IoT)ning mohiyati va ishlatilishi 
Hozirgi paytda biz insoniyat va jamiyat hayotining texnologiyalar bilan 
boyishining yanada kuchayishiga jonli guvoh bo’lib turibmiz. Informatsion va 
telekommunikatsion texnologiyalar nafaqat zamonaviy insonning yashash tarzi 
bo’lib qoldi, balki, u zamonaviy biznes jarayonlarni tashkil qilish uchun zaruruiy 
bo’lgan texnologik platforma ham bo’lib qoldi. Smartfonlarning faol rivojlanishi, 
gadjetlar uchun (layfflogging tizimlari va devayslar) mobil ilovalar hosil bo’lishi 


353 
hozirning o’zidayoq inson hayotining turli jihatlarini tezkor kuzatish, belgilash
fiksatsiya qilish va saqlashga imkon beradi. Bular doimiy kontaktlar ruyhati, ish 
funktsiyalarining ketma-ket bajarilishi, bank transaktsiyalarini bajarish, oxirgi 
haridlar haqidagi ma’lumotlardan boshlab to insonning fizik va emotsional 
holatigacha bo’lishi mumkin. Yangi information texnologiyalar ma’lumotlarni 
yig’ish, saqlash, agregatsiya qilish va yig’ilgan ma’lumotlarni almashinishni 
insonning minimal ishtirokida amalga oshirishga imkon beradilar. Shuning uchun 
ham ushbu texnologiyalar to’rtinchi sanoat inqilobining drayverlari bo’lib 
hisoblanadilar. Ushbu inqilob masalalariga bag’ishlangan Davos jahon halqaro 
iqtisodiy forumida muhokama qilingan texnologiyalardan biri buyumlar interneti 
(The Internet of Things) kontseptsiyasi bo’lib, forumda bu bilan bog’liq bo’lgan 
masala va muammolar hamda bu texnologiyaning zamonaviy jamiyat iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy landshaftiga ta’siri muhokama qilindi. Bu kontsetsiya nafaqat 
material dunyo predmetlarini ular orasida ma’lumot almashinish uchun internet 
vositasida birlashtira oladi, balki insonlarning yashash va ish joylarida o’zlarini 
qanday tutishlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishga ham imkon beradi. 
Davosdagi forum tomonidan tayyorlangan tahlilga ko’ra, buyumlar interneti mobil 
internet, Big Data, tiklanadigan energiya manba’lari bilan bog’liq yangi materiallar 
va texnologiyalar, kraudsorsing, peer-to-peer platformalar hamda bulutli 
texnologiyalar bilan bir qatorda to’rtinchi sanoat revolyutsiyasining top-5 
texnologik drayverlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avvalroq buyumlar internet 
(IoT) Gartner (Gartner’s 2015 Hype Cycle for Emerging Technologies) ilmiy-
tadqiqit kompaniyasi tomonidan ikki ming texnologiyalar orasidagi eng kerakli, 
mijozlar bilan juda yaxshi teskari aloqani amalga oshirib beradigan, mahsulot va 
hizmatlarning sifatini yaxshilay oladigan texnologiya sifatida aytib o’tigan edi. 
Ammo shuni ham aytib o’tish kerakki, IoT kontseptsiyasi oldin ham ba’zi bir 
texnologik loyihalar (aqlli uy, shahar transportini boshqarishning avtonov 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling