O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Knox Premium
- Cloud Digital Transformation
- 9.3. Buyumlar interneti (Internet of Things - IoT)ning mohiyati va ishlatilishi
- The Internet of Things
Knox Workspace ning shifrlash kaliti smartfonning apparat vositalaridan alohida
izolyatsiyalangan holatda TrustZone da saqlanadi. Agarda vositani buzmoqchi bo’linsa, Knox Workspace ga bo’lgan kirish bloklantiriladi. Bundan tashqari foydalanuvchilarni kuchaytirilgan xolda autentifikatsiya qilish usullari ham ishlatiladi. Ushbu konteyner ko’pchilik MDM - yechimlar, shu jumladan, VMware kompaniyasining Airwatch yoki Citrix kompaniyasining XenMobile tizimlari bilan mos tushadi. Android ning oddiy ilovalari ham Knox Workspace da hech qanday o’zgarishlarsiz ishlashlari mumkin. Samsung kompaniyasi bulutli EMM (Enterprise Mobility Management)-yechimni amalga oshirib beradigan Knox Premium tizimini ham ishlab chiqdi. Bu tizim havfsiz ishchi konveyeri bilan ishlaydi, bir qancha havfsizlik siyosatlarini o’z ichiga oladi, yo’qolgan qurilmalar bilan ishlash imkonini yaratadi, ularni masofaviy blokirovka qila oladi va qurilmaning qaerdaligi haqida hisobot tayyorlay oladi. Cloud & Digital Transformation anjumani ishtirokchilarining ta’kidlashlaricha, ko’pchilik kompaniyalar biznes uchun raqamli strategiya zarurligini tan olsalar ham, har bir to’rtinchi rahbar raqamli texnologiyalarga katta ahamiyat berish zarurligiga unchalik ishonmaydilar. Ammo tezkorlik bilan rivojlanayotga va o’zgarayotgan dunyo bunday skeptiklarning sonini kun sayin kamaytirmoqda. Chunki aks holda raqobatli dunyoda yashab qolish ham qiyin bolib qoladi. Bu masalalar bo’yicha batafsilroq ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: IKSMEDIA.RU: http://www.iksmedia.ru/articles/5401323- Digital-Transformation-ili-smert.html#ixzz5jQvTXq00 9.3. Buyumlar interneti (Internet of Things - IoT)ning mohiyati va ishlatilishi Hozirgi paytda biz insoniyat va jamiyat hayotining texnologiyalar bilan boyishining yanada kuchayishiga jonli guvoh bo’lib turibmiz. Informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar nafaqat zamonaviy insonning yashash tarzi bo’lib qoldi, balki, u zamonaviy biznes jarayonlarni tashkil qilish uchun zaruruiy bo’lgan texnologik platforma ham bo’lib qoldi. Smartfonlarning faol rivojlanishi, gadjetlar uchun (layfflogging tizimlari va devayslar) mobil ilovalar hosil bo’lishi 353 hozirning o’zidayoq inson hayotining turli jihatlarini tezkor kuzatish, belgilash, fiksatsiya qilish va saqlashga imkon beradi. Bular doimiy kontaktlar ruyhati, ish funktsiyalarining ketma-ket bajarilishi, bank transaktsiyalarini bajarish, oxirgi haridlar haqidagi ma’lumotlardan boshlab to insonning fizik va emotsional holatigacha bo’lishi mumkin. Yangi information texnologiyalar ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, agregatsiya qilish va yig’ilgan ma’lumotlarni almashinishni insonning minimal ishtirokida amalga oshirishga imkon beradilar. Shuning uchun ham ushbu texnologiyalar to’rtinchi sanoat inqilobining drayverlari bo’lib hisoblanadilar. Ushbu inqilob masalalariga bag’ishlangan Davos jahon halqaro iqtisodiy forumida muhokama qilingan texnologiyalardan biri buyumlar interneti (The Internet of Things) kontseptsiyasi bo’lib, forumda bu bilan bog’liq bo’lgan masala va muammolar hamda bu texnologiyaning zamonaviy jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy landshaftiga ta’siri muhokama qilindi. Bu kontsetsiya nafaqat material dunyo predmetlarini ular orasida ma’lumot almashinish uchun internet vositasida birlashtira oladi, balki insonlarning yashash va ish joylarida o’zlarini qanday tutishlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishga ham imkon beradi. Davosdagi forum tomonidan tayyorlangan tahlilga ko’ra, buyumlar interneti mobil internet, Big Data, tiklanadigan energiya manba’lari bilan bog’liq yangi materiallar va texnologiyalar, kraudsorsing, peer-to-peer platformalar hamda bulutli texnologiyalar bilan bir qatorda to’rtinchi sanoat revolyutsiyasining top-5 texnologik drayverlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avvalroq buyumlar internet (IoT) Gartner (Gartner’s 2015 Hype Cycle for Emerging Technologies) ilmiy- tadqiqit kompaniyasi tomonidan ikki ming texnologiyalar orasidagi eng kerakli, mijozlar bilan juda yaxshi teskari aloqani amalga oshirib beradigan, mahsulot va hizmatlarning sifatini yaxshilay oladigan texnologiya sifatida aytib o’tigan edi. Ammo shuni ham aytib o’tish kerakki, IoT kontseptsiyasi oldin ham ba’zi bir texnologik loyihalar (aqlli uy, shahar transportini boshqarishning avtonov Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling