O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

IoT Security Foundation ishlab chiqaruvchilardan mustaqil bolgan halqaro 
tashkilot bo’lib, u bilimlar, ilg’or tajribalar va takliflar bilan almashinish masalalari 
bilan shug’ullanadi. Unda bir qancha ma’lumotnomalar bo’lib, ularning biri “IoT 
ning havfsizligini ta’minlash asoslari” deb nomlanadi. Ularning fikricha, IoT 
internet evolyutsiyasidagi yangi bosqich hisoblanadi. Shu texnologiya tufayli 
mahsulot va hizmatlarning narxlari ancha kamaydi va natijada bozorga yangi 
turdagi tovarlar kirib keldi. Buyumlar internet yangi mobil qurilmalar, gadjetlar, 
uskunalar, jarayonlarga ulangan datchiklar va intellektual o’yinchoqlar tufayli 
borgan sari kengayib bormoqda. Shuning uchun agarda kerakli va yetarli himoya 
vositalari bo’lmasa, ko’ngilochar internet (internet of treats) osonlik bilan tahdidlar 
interneti (internet of threats) ga aylanib qolishi mumkin.
Katta ma’lumotlar (Big Data), analitika (Analitics), buyumlar internet 
(IoT), virutl voqe’lik (VR), sun’iy intellekt (AI), qo’shimcha reallik (AR) va 
mashinaviy o’qitish dunyo miqyosida keng tarqalib, ko’pchilik tashkilotlar undan 
o’z faoliyatlarida ishlatayaptilar. Bu texnologiyalarni qo’llamaganlar yoki juda 
bo’lmaganda ular bilan tanoshib chiqmaganlar raqobatbardoshlilikni yo’qotib 
qo’yishlari mumkin. Deloitte Consulting kompaniyasi 2019 yil trendlari (Tech 
Trends 2019: Beyond the Digital Frontier) deb nomlangan hisobotida jamiyatda 


359 
katta o’zgarishlarga olib keladigan innovatsion texnologiyalar rivojlanishining 
quyidagi olti tendentsiyalari haqida aytib o’tgan.
1. Korxona va tashkilotlar sun’iy intellektdan foydalanishning yangidan-yangi 
usul va vositalaridan foydalanadilar; 
2. Avtomatizatsiya joriy operatsiyalarni bevosita boshqarishdan halos qiladi 
(NoOps); 
3. Tarmoqlarda raqamli periferiya paydo bo’ladi va ular tarmoqqa sensorlarni va 
aqlli qurilmalarni ulashga imkon yaratadilar. Bu esa virtual reallik hamda 
avtomatlashtirish uchun juda muhim hisoblanadi
4. Sotuvchilar mahsus qurilma va uskunalar vositasida insonlarning “miyasiga 
kirib” uning ehtiyojlarini aniqlaydilar (mashinaviy o’qitish, IoT, robototexnika, 
kontekstni bilish tizimlar, virtual va qo’shimcha voqe’lik yordamida) va 
shuning asosida real vaqtda reklamalarni uyushtiradilar
5. IT va marketing bo’limlarining rahbarlari o’z funktsiyalarining bir qismini 
komp’yuterlarga topshirishlari asosida birgalikda ishlashlari jarayoni amalga 
oshadi; 
6. DevSecOps modeli amalga kira boshlaydi. Bu model ma’lumotlar himoyasiga 
alohida innovatsion yondoshni qo’llaydi. Ochiq raqobat muhitida havfsizlik 
ko’rsatgichlari biznesning talablari bilan moslashtiriladi va masala hamda 
muammolarni hal qilinishi ham shunga mos ravishda amalga oshiriladi.. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling