O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft 
Office Web kabi onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash 
joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi bulutli tizimni past va cheklangan darajada 
nazorat qilganligi tufayli, qat’iy xavfsizlik choralarini va me’yoriy talablarga mos 
kelishlikni ta’minlab bera olmaydi. 
Gibrid bulut (hybrid cloud) – bu infratuzilma yuqoridagi barcha ko’rsatilgan 
bulutli modellarini o‘z tarkibiga oladi (xususiy bulut va ommaviy bulut). Odatda, 
gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni 
boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib 
beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir 
qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Misol sifatida 
xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga 
yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1. Bulut_–_bu_nafaqat_virtuallashtirish'>Bulutbu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni 
virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada
virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida 
tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut 
texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina
operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli 
operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib 
boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat 
tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.


341 
2. Buluttejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul 
mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri 
hisoblanadi. Bulutda ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam 
majburiy bo’lgan atribut hisoblanmaydi.
3. Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas
Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu 
texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish 
mumkinligi kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni 
yetkazib beruvchi kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, 
ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona 
buyurtmachiga ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim 
egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi 
uchun xususiy bulut hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish 
markazlari xosting-provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar 
resurslarini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network – 
VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin.
4.Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali 
xizmat. Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy 
bulutlar hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. 
Infratuzilma sifatidagi xizmat ko’rsatish (IaaS – Infrastructure as a Service
ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng 
quyi daraja resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda 
taqdim etiladi.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling