341
2.
Bulut –
tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul
mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash xam
xato tushunchalardan biri
hisoblanadi. Bulutda ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam
majburiy bo’lgan atribut hisoblanmaydi.
3.
Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas.
Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu
texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish
mumkinligi kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab
bulut texnologiyalarni
yetkazib beruvchi kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar,
ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona
buyurtmachiga ajratib beradi. “
Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim
egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi
uchun xususiy bulut hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga
ishlov berish
markazlari xosting-provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar
resurslarini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (
Virtual Private Network –
VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin.
4.
Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali
xizmat. Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va
shuning uchun xam xususiy
bulutlar hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi.
Infratuzilma sifatidagi xizmat ko’rsatish (
IaaS – Infrastructure as a Service )
ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng
quyi daraja resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda
taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: