O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virtual (raqamli/elektron) valyuta
- Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn)
- Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi)
Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation
(HADOOP) va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin: Internetda fodylanuvchilar xulq-atvori loglari; avtomobillardantransport kompaniyaiga keladigan GPS-signallar; bankning barcha mijozlaritranzaksiyalari haqidagi axborotlar; 35 yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar; ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborotlar; sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar. Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida mulohaza qilib ko’ramiz. Virtual (raqamli/elektron) valyuta – moddiy timsolda mujassam topmagan, ammo to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir. Kriptovalyuta – kriptografik algoritmlarni maxsus ko’rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta turi. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bundahar bir ma’lumotni qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi. Bitkoin – mavjud virtualvalyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan kriptovalyuta hisoblanadi va u bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi. Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligi va Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi) keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin kriptovalyutasi uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida boshqa hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat reestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan 36 amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda. AQSHda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan.Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob- kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Blokcheyntexnologiyasitobora ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta, reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin. Foydalaniladigan texnologiyalar vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini sanab o‘tamiz: ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘yadi; har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi. Blokcheyn texnologiyasining sanab o‘tilgan xususiyatlari kriptovalyutalarning asosiy xususiyati – ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni: 1. qalbakilashtirish imkonsizligi; 2. o‘g‘irlash imkonsizligi. 3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi; 4. ochiq dasturiykod mavjudligi; 37 5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari); 6. transchegaraviylik mavjudligi. Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi. Bitkoin (yoki boshqa har qanday kriptovalyuta) qiymati maxsus birjalarda (kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida) bozor talab va taklifi asosida belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar kutadgan natijalar bilan belgilanadi. Mamlakatimizning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi ro’y berishiga butun jahon internet tarmog‘ining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi sababchi bo‘ldi. Natijada katta hajmdai ma’lumotlar almashinish va ularni to‘plash imkoni paydo bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, to‘plangan axborotni qayta ishlashga, bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur bo’ladi.Biroq bunda ma’lumotlarni yo‘qotish, biznesni yo‘qotish, ish o‘rinlarining qisq’arishi, havfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechiqish jiddiy risklarga olib kelishi mumkin. Hozirda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda raqamli iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu o‘zgarishlarning jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi 38 davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat ko‘rsatish sohasini tubdan o‘zgartirayotganini ko‘ryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va ta’minotchi o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishiga olib keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo bo‘lmoqda. Avvalroq xuddi shunga o‘xshash o‘zgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham ro‘y bergan edi. Sanoatda ham bir qancha printsipial o‘zgarishlar kuzatilmoqda, chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi – robotlar paydo bo‘lishi butun insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning o‘rnini egallab boradi. Huddi mana shu holat raqamli iqtisodiyotning namoyon bo’lishi hisoblanadi. To‘g‘ri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y berishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Hozirgi texnik- texnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, bir qancha shubha-gumonlar mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling