O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1.2.Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari 
Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni umumiy bir ma’noda 
tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. 
Masalan, raqamli iqtisodiyot – jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish 
va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab 


31 
chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, 
sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon 
beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb 
sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin 
foydalanish uchun biroz noqulay. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyotga uzil-kesil 
ta’rifning yo‘qligi, ko‘plab xususiy va tor ixtisosli savollarni muhokama qilish 
uchun to‘siq hisoblanmaydi. Lekin, boshqa tomondan, ushbu o’quv qo’llanma 
yozishdan maqsad – raqamli iqtisodiyot fenomenining integral ko‘rishini 
shakllantirish ekanligi sababli, biz o‘z ta’riflarimizni taklifqilishga jazm etdik. 
Yuqorida aytganimizdek, raqamli iqtisodiyot bu – gibrid dunyo sharoitlarida 
mavjud bo‘ladigan iqtisodiyotdir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks 
ettiradi, lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, 
amaliyotda undan foydalanish birmuncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz 
quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot hamda 
elektron tijorat bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga 
barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning o‘ziga xos 
xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va 
moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda 
barcha iqtisodiy faoliyat sub’ektlari – tovarlar va hizmatlar yaratish, taqsimlash
ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’ektlari va sub’ektlarining to‘laqonli 
o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli 
mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot 
ob’ektlari va sub’ektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. 
Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va havfsizlik 
ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamlitarkibiy 
qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini 
tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va hizmatlar qiymatining sezilari qismi 
uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar “aqlli” buyumlar 
deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlarning asosiy xususiyatlari 
jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil havfsizligi o‘shadi va uning 


32 
ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, 
internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi 
lozim. 
Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborot 
izlab topish mashinalari bir so’rovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Bu 
ma’lumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va to‘liq bo‘lisga 
musobaqalashib, to‘plangan ma’lumotlarni o‘zlari qayta ishlay boshlaydilar va 
natijada bu dunyoni biz uchun “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab bo‘lmaydi, 
chunki yolg‘on darhol fosh bo‘ladi, obru-e’tibor esa eng muhim kapital 
hisoblanadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi, avtomatik 
hujjataylanmansii hisobga olgan holda esa u to‘gridan-to‘g‘ri barcha kontragentlari 
bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘ladi. Shu tariqa M2C (manufacturer to 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling