O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli (elektron) iqtisodiyot
- M2C (manufacturer to
1.2.Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari
Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli iqtisodiyot – jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab 31 chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish uchun biroz noqulay. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyotga uzil-kesil ta’rifning yo‘qligi, ko‘plab xususiy va tor ixtisosli savollarni muhokama qilish uchun to‘siq hisoblanmaydi. Lekin, boshqa tomondan, ushbu o’quv qo’llanma yozishdan maqsad – raqamli iqtisodiyot fenomenining integral ko‘rishini shakllantirish ekanligi sababli, biz o‘z ta’riflarimizni taklifqilishga jazm etdik. Yuqorida aytganimizdek, raqamli iqtisodiyot bu – gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan iqtisodiyotdir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi, lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish birmuncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot hamda elektron tijorat bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’ektlari – tovarlar va hizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’ektlari va sub’ektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot ob’ektlari va sub’ektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va havfsizlik ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamlitarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va hizmatlar qiymatining sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar “aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlarning asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil havfsizligi o‘shadi va uning 32 ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi lozim. Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborot izlab topish mashinalari bir so’rovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Bu ma’lumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va to‘liq bo‘lisga musobaqalashib, to‘plangan ma’lumotlarni o‘zlari qayta ishlay boshlaydilar va natijada bu dunyoni biz uchun “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab bo‘lmaydi, chunki yolg‘on darhol fosh bo‘ladi, obru-e’tibor esa eng muhim kapital hisoblanadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi, avtomatik hujjataylanmansii hisobga olgan holda esa u to‘gridan-to‘g‘ri barcha kontragentlari bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘ladi. Shu tariqa M2C (manufacturer to Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling