O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va
innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, AvstraliyadaNational Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalgi oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi internetni rivojlantirish yo‘l xaritasini 34 ishlab chiqdi hamda buyumlar interneti Assotsiatsiyasini ta’sis etdi. Rosstandart doirasida faoliyat ko‘rsatadigan «Kiberfizicheskie sistemi» standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar interneti sohaida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan. Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xizma-xillik va yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu – katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir. Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin.Tijorat loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasidagi asosiy muammo - ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi.Tahlil algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib,katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan, IBM, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling