O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


customer, ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

customer, ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga) biznes modeli va bunda ushbu 
iste’molchi uchun zarur (yoki ko‘ngildagi) original xususiyatlarga ega bo‘lgan 
tovarlar ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan C2M (customer to manufacturer
modeli paydo bo‘ladi. 
Bulutli hisoblash platformalari (Cloud Computing) – yangi axborot 
texnologiya konsepsiyasi bo‘lib, u eng kam espluatatsionharajatlar talab qiladi yoki 
u orqali provayderga murojaatlar tezkor taqdim etiladi va kerak bo’lgan hisoblash 
resurslari talablarga binoan hamma joyda va qulay tarmoq ulanishi bilan 
ta’minlanishni ko‘zda tutadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlari, serverlar, ma’lumot 
saqlash qurilmalari, servis dasturlari – birgalikda ham, alohida ham bulutli 
texnologiyalarning tarmoq resurslariga misol bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda, bulutli texnologiyalar (Cloud technologies) – bu kompyuter resurslarini 
Internetdan foydalanuvchiga so‘rov bo‘yicha (on demand) onlayn-servis sifatida 
taqdim eta oladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Shuni ham 
aytish zarurki, bulutlitexnologiyalar vujudga kelayotgan raqamli iqtisodiyot 
poydevoriga ulkan hissa qo‘shgan va qo’shayapti. Bu hissa faqatgina texnologik 
tarkibiy qismlar bilan chegaralanmaydi, balki iqtisodiy va g‘oyaviy tarkibiy 
qismlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Bulutli texnologiyalar rivojlanishi, 


33 
masalan, talab bo’yicha ishlab chiqarish (production on-demand), hizmat 
sifatidagi dasturiy ta’minot (software as a service) kabi kelajak biznes-
modellarining aksariyati uchun asosiy g‘oyaga va ko‘plab iqtisodiy o‘zaro aloqalar 
uchun tamoyilga aylanadigan tushunchalar paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Buyumlar Interneti (IoT) esa – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan, 
datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini 
ko‘zda tutadigan kontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, 
avtomatik rejimda) jarayonlarni monitorig va nazorat qilish va buning asosida 
ularni boshqarishga imkon beradi. Bugungi kunda ushbu sohada ikkita yirik 
yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (IoT - Internet ofThings) va buyumlar 
sanoatInterneti (IIoT - Industrial Internet of Things). Instrumental jihatdan ushbu 
texnologiyalar bir-biriga juda o‘xshashib ketadi, asosiy farq esa bajarilishi lozim 
bo‘lgan vazifada: agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu - xilma-xil 
(modellar va bashoratlar tuzishda ustuvor foydalaniladigan) ma’lumotlar to‘plash 
bo‘lsa, buyumlar sanoat Internetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab 
chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
resurslar va quvvatlarni masofadan turib boshqarish). OVUM, Mashine Research 
va Nokia kompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga 
kelib,tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mln birlikdan ortadi, 2025 
yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda. 
Ko‘plab mamlakatlardaishlabchiqarishresurlariniboshqarish texnologiyalarini 
rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli 
iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat daturlariga binoan 
bajariladi: Germaniyada Industrie 4.0, AQSHda Advanced Manufacturing 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling